Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Tashqi sharoitlarning rivojlanishini



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu 
bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va 
vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat 
tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. 
Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi: 
 tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni 
o’rganish); 
 muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish); 
 muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash). 
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy to’plash, 
izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng 
ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, 
uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi. 
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining 
tendentsiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning 
xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining sabablari, 
mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, 
taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi. 
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida 
analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar bankini o’z 
ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha miqdorlar, 
guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va klasterli tahlil, 
qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, evristik 
usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’llanadi. 
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga 
bo’ladilar: 


128
1. Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus 
dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar massivi; 
2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq 
muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir 
tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami. 
Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. 
Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson, 
shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning 
axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu 
jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli 
ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan 
marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar 
oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim 
eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq tayanishga 
to’g’ri keladi. 
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda 
kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi 
tarmoqlar kanallari mavjud. Internet - 45 mingdan ko’proq kichik lokal 
tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U butun er kurrasi 
bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi. Hozirgi 
vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq kishilar 
foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari, 
tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin. Tijorat kanallari - ta'sischi 
kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing 
xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va 
boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, 
o’yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin