Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Qisqa xulosalar 
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish 
uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. 
Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, 
shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham 
kerakdir. Marketing axborot tizimi korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng 
muhim tarkibiy qismidir. 
Nazorat savollari 
1. Marketing axboroti nima? 
2. Birlamchi axborot nimasi bilan ikkilamchi axborotdan farq qiladi? 
3. Marketing axboroti tizimiga ta'rif bering. 
4. Korxonalar uchun axborot qanday ahamiyatga ega? 


132
Tayanch iboralar 
Axborot, ma'lumot, axborot turlari, ichki va tashqi axborotlar, marketing 
axborot tizimi, axborot manbalari, marketing razvedkasi, ma'lumotlar banki, modellar 
banki, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, internet, tijorat kanallari.
Asosiy adabiyotlar 
1. Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов. 3-
е изд. /Под общ.ред. Г.Л. Багиева – СПб.: Питер, 2006. 
2. Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по 
специальности «Маркетинг» /А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов. 4-е изд., 
стер.- М.: Омега-Л, 2006. 
3. Романов А.Н. Маркетинг, учебник. -М.: ЮНИТИ, 2005. 
4. Qosimova M.S., Ergashxo’jaeva Sh.J., Abduxalilova L.T., Muxitdinova 
U.S., Yuldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. -T.: O’qituvchi, 2004.
14-BOB. MARKETING MUHITI 
14.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 
14.2. Korxona mikro-muhiti 
14.3. Korxona makro-muhiti 
14.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar 
bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va bu munosabatlarning 
saqlanishiga bevosita ta'sir ko’rsatuvchi sub'ektlar va kuchlarning majmui 
tushuniladi. Muhit doimiy o’zgarishda, ya'ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta'sir 
ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va ularning 
o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim 
tadbir bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o’zgarishiga e'tibor bermaslik 
yoki nazoratni susaytirish korxonaning va bozorning boshqa sub'ektlari ishida juda 
og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Odatda muhitlar mikromuhit va makromuhitlarga ajratiladi.
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor 
doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, 
demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va 
boshqa xarakterdagi ta'sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari korxonaning faoliyati va uning 
imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma 
boshqaruvining nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, 
xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar 
(segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash, raqobat kurashida 
strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish. 
Shunday qilib, mikro-muhitni o’rganish bozorning aniq sub'ektiga nisbatan 
qo’llanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa 


133
marketing va bozor sub'ektlari, mamlakat va xalq iste'moli tovarlari sohalari uchun 
umumiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin