129
Xaridor talabi va savdo kon'yunkturasining rivojlanishi haqidagi statistik
axborotlarning eng muhim manbalaridan biri amaldagi statistika
va buxgalteriya
hisobi va hisobotlarining ma'lumotlari hisoblanadi. Talabni o’rganadigan
xizmatlarning tashkiliy bo’ysunishi va faoliyati sohasiga bog’liq holda tahlil uchun
birlamchi hisob va hisobot ma'lumotlari yoki davlat statistika organlari va boshqa
vazirliklar va muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan yig’ma statistik ko’rsatkichlar
ishlatilishi mumkin.
Aholining daromadlari va xarajatlari, xalq iste'molining ba'zi tovarlarini ishlab
chiqarish, chakana savdoga tovarlarning kelib tushishi, tovar aylanuvining umumiy
hajmi va tovar tarkibi, savdodagi tovar zaxiralari, chakana narxlarning o’zgarishini
tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimi keng miqyosda ishlatilishi mumkin.
Ko’rsatkichlar tizimi ichida eng muhimi tovar aylanuvi va tovar zaxiralari
haqidagi ma'lumotlardir. Bu ma'lumotlar
tahlili talabning va savdo
kon'yunkturasining rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradi.
Ular asosida, odatda, tovar guruhlari bo’yicha amalga oshirilgan talabning miqdori va
ichki guruhiy tarkibini o’rganadilar. Chakana tovar aylanuvi tarkibi bo’yicha
materiallar juda yuqori qimmatga ega va ma'lum davr ichida uning tarkibi
o’zgarishini o’rganishda tayanch bo’lib hisoblanadi. Ular, shuningdek, assortiment
jihatidan sotilishlar hajmini tahlil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Tovar aylanuvi
tarkibining tahlili iste'molchilar talabining qondirilishini va tovarlar assortimenti qay
darajada kengayishini aniqlashga yordam beradi. Statistik hisobot ma'lumotlariga
ko’ra talabning rivojlanishidagi tendentsiyalar, alohida guruhlar bo’yicha uning
tarkibidagi siljishlar, mavsumiy tebranishlar va hokazolar
haqida fikr yuritish
mumkin.
Talabni o’rganish uchun aholining soni va tarkibi, yosh, jins va ijtimoiy
strukturasidagi o’zgarishlarni tavsiflaydigan demografik statistikadan foydalanish
mumkin. Talab haqidagi axborotning muhim manbai oilalar byudjeti statistikasi
ma'lumotlari hisoblanadi. Byudjet tahlillarining materiallari turli xil ijtimoiy guruhlar
va daromadliligi har xil bo’lgan guruhlardagi oilalarning xaridorlar va iste'molning
strukturasi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Talabning rivojlanish istiqbollarini baholash va uning tovar taklifi bilan
muvozanatini tahlil qilish uchun xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish materiallari
va ratsional iste'molning ilmiy asoslangan me'yorlaridan foydalanadilar.
Buxgalteriya hisoboti talabni o’rganishda axborot sifatida to’laligicha
ishlatilmaydi. Inventarizatsiya materiallari realizatsiya qilingan va shakllanayotgan
talabni tahlil qilishda, tovar zaxiralari me'yorlarida, tovarlarni olib kelish bo’yicha
shartnomalarni to’g’rilashda muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Davriy matbuot, iqtisodiy va ishbilarmonlik yo’nalishdagi
jurnal va gazetalar
yordamida firmalar va tarmoqlar faoliyati haqida ko’pgina ma'lumotlarni berishi
mumkin. Masalan, xalqaro mezonlar nuqtai nazaridan eng jiddiy ma'lumotlar har yili
Amerikaning "Fortune" jurnalida yig’ma jadvallar ko’rinishida 500 ta amerikalik va
500 ta noamerikalik firmalar bo’yicha chop etiladi. Firmalar sotilishlar hajmi
bo’yicha qaysi mamlakat va sohaga tegishli ekanligini ko’rsatgan holda terib
chiqiladi (ranjirlash). Shu erning o’zida oborotlar, aktivlar, foyda, xodimlar soni
haqidagi ma'lumotlar keltiriladi.
130
Qator gazetalar iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan rubrikalarda
firmalarning yillik hisobotlari bilan bir qatorda alohida mahsulotlar turlarining
chiqarilishi
haqida materiallar, eksport bitimlari, aktsiyalarni sotib olish, firmalarning
qo’shilishi va tugatilishi haqidagi materiallarni nashr etadilar. Alohida nashrlar yoki
iqtisodiy jurnallar va gazetalarga ilovalar ko’rinishida chop etiladigan axborotlar
muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonda chiqariladigan davriy nashrlar ichida "Pul, bozor, kredit",
"O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnallari, "Soliq va bojxona xabarlari",
"Bank axborotnomasi" gazetalarini, shuningdek, "Prestij", "Optovik" kabi ilovalarni
ajratib ko’rsatishimiz mumkin.
Telekommunikatsiyaviy,
shu jumladan, tarmoqli xizmatlar axborot
manbalarining alohida guruhiga kiradi. Firmalar haqidagi axborot ixtisoslashgan
ma'lumotlar banki ko’rinishida taqdim etiladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida
ancha vaqtdan beri tijorat maqsadlarida dasturli mahsulotni ishlab chiqarish va
sotishga ixtisoslashgan maslahat beruvchi, nashriyotchilik firmalari tomonidan
yaratiladigan ma'lumotlar banklari (bazalari) faoliyat ko’rsatyapti.
Foydalanuvchi axborotni ma'lumotlar bazasidan uni modem orqali uzatish yo’li
bilan, shuningdek, kompaktdisklarda, faks orqali, axborot konferentsiyalari va
forumlarda qatnashish yo’li bilan olishi mumkin.
Iqtisodiyot, biznes va marketing sohasida axborotlarni to’plash,
ishlov berish
va taqdim etishga ixtisoslashgan amerikalik "Dun & Dradstreet" korporatsiyasi
dunyodagi eng katta ma'lumotlar bazasiga ega. Ma'lumotlar bazasining asosiy
mavzulari: AQSh kompaniyalari, ularning manzili, soha kodi, balans aktiv va passiv
moddalarining talqini haqidagi axborot va ma'lumotlar, mazkur sohaning
o’rtachalariga nisbatan moliyaviy ko’rsatkichlari, har bir sohaning etakchi
kompaniyalari bo’yicha xalqaro elektron ma'lumotnoma (90 ta mamlakat bo’yicha
200 mingdan ziyod ma'lumotlar), Amerikaning 60% dan ko’proq kompaniyalarining
tovarlari va xizmatlari haqida 8,5 mln. dan ko’proq ma'lumotlar.
Rossiyaning axborot bazalarini ishlab chiqaruvchilar o’rtasida
Ishbilarmonlik
axboroti agentligi (IAA) ko’zga tashlanadi. U MDH va Baltika mamlakatlari
bo’yicha etakchi hisoblanadi. U har yili 10 dan ziyod geoinformatsion bazalarni
yangilaydi va aniqlaydi, to’rt tilda 350 nomli ishbilarmonlik ma'lumotnomalarini
chiqaradi, axborot ko’riklar-ma'lumotnomalarini va marketing tadqiqotlarini
o’tkazadi. IAA ga tegishli bo’lgan "Biznes-karta" ma'lumotlar bazasi sobiq SSSR
respublikalarining 110 mingta korxona, tashkilot va firma bo’yicha axborotga ega.
Dostları ilə paylaş: