134
haqida ma'lumot tarqatish bilan shug’ullanadilar. Vositachilar savdo va transport
tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar
va moliya tashkilotlari bo’lishi mumkin.
Savdo korxonalari,
birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va,
ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda ko’maklashadilar. Moliya vositachilari
sifatida banklar, kredit va sug’urta kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini
tavakkalchilikdan sug’urtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar bo’lishi mumkin.
Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo’lish uchun korxona zamonaviy ishlab
chiqarish texnologiyasini qo’llashdan tashqari yana marketing
vositachilari bilan
samarali hamkorlikda bo’lishi shart.
Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday
mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat.
Kurash haqqoniy yoki g’irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi
holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obro’ izzatini
ko’tarish, qo’shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish
va zamonaviy marketingning
boshqa usullari qo’llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, shantaj, xom
ashyodan, ish kuchidan, ta'minotchilardan mahrum qilish va hokazo. Rivojlangan
mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilikni g’irrom usullar bilan
olib borish
qonun tomonidan man etilgan.
Dostları ilə paylaş: