Aloqalar o’rnatiluvchi auditoriya - mohiyatan bu qo’yilgan maqsadlarga
erishish niyatini bildirgan shaxslarning muayyan guruhi. Ular quyidagi tiplarga
bo’linadilar (24-chizma).
135
24-chizma. Aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalarning turlari
ichki (mehnat jamoasi, kasaba uyushmalari, aktsionerlar, menejerlar,
direktorlar kengashi);
mahalliy (atrofda yashovchi aholi, mahalla qo’mitalari, faxriylar
kengashi, "Nuroniy" jamg’armasi);
davlat muassasalari (davlat idoralarining mansabdor shaxslari, soliq va
statistika idoralarining, ijtimoiy jamg’armalar, yong’in inspektsiyalari,
sanitarepidemiologik nazorat idoralarining xodimlari va hokazo);
moliyaviy doiralar (bank xodimlari, auditorlar, moliyachilar, moliyaviy
va investitsion maslahatchilar);
ommaviy axborot vositalari (muxbirlar, reklama, iqtisodiyot, biznes
bo’limlarining, gazetalar, jurnallar, televidenie va radio, axborot va tahliliy
agentliklar xodimlari);
fuqarolik guruh harakatlari (ekologik harakatning iste'molchilar
assotsiatsiyalari, sog’lom hayot tarzi harakatining faollari va yuristlari);
keng jamoatchilik (ekspertlar, siyosatchilar, sportsmenlar, artistlar,
rassomlar, musiqachilar).
14.3. Korxona makro-muhiti
Korxona to’xtovsiz tashqi kuch va omillar ta'siroti ostida o’z faoliyatini olib
boradi. Ba'zi hollarda ular maqbul imkoniyatlarni, boshqa hollarda esa xavf-xatarni
sodir qiladilar. Shu bois aytish mumkinki, korxona peshqadamligining istiqboli tovar
va xizmatning tegishli marketing muhitiga mosligi bilan ifodalanadi. 25-chizmada
korxona makro-muhitining asosiy omillari keltirilgan.
Korxona
Ichki
Mahalliy
Fuqarolik gurux harakatlari
Kеng jamoatchilik
Ommaviy axborot vosit.
Davlat muassasalari
Moliyaviy idoralar
Korxonalar
Siyosiy muhit
Dеmografik muhit
Tabiiy muhit
Iqtisodiy muhit
Madaniy muhit
Ilmiy-tеxnikaviy muhit
|