Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Iste'molchilar - mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan 
jismoniy va huquqiy shaxslar (fuqarolar, oilalar, firmalar, jamoat tashkilotlari va 
davlat muassasalari). Iste'molchilar o’rtasidagi katta farqqa qaramay, ularda umumiy 
xususiyatlar bor. Ular marketing maqsadlariga bog’liq holda maqsadli guruhlarga 
birlashtirilishi mumkin bo’lgan jins, yosh, malaka, ehtiyojlar tarkibi, daromadlarni 
belgilaydi. Umuman, bozordagi xatti-harakatlari strategiyasi jihatidan bir-biridan 
ancha farq qiladigan iste'molchilarning besh turi farqlanadi. Bular yakka 
iste'molchilar, oilalar yoki uy xo’jaliklari, vositachilar, ta'minotchilar, davlat va 
jamoat tashkilotlarining mas'ul shaxslari yoki xodimlaridir. 
Salmoqli qismini yakka iste'molchilar tashkil etadi, ya'ni aholining tovar va 
xizmatlarni faqat o’zining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar 
yoki uy xo’jaliklari asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid 
qiladilar. Miqyoslariga va xaridlarining hajmiga ko’ra ular ham iste'molchilarning 
asosiy turiga kiradi. Vositachilar ancha professional xaridorlardir, zero, ular 
tovarlarni asosan qayta sotish maqsadlarida sotib oladilar. Shu bilan bog’liq holda 
ular tovar narxiga, uning o’ramiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga ko’proq 
e'tibor beradilar. Firmalarning xodimlari bo’lgan ta'minotchilar moddiy-texnika 
ta'minoti uchun tovarlarni sotib oladilar, bunda ular e'tiborining markazida tovarning 
narx va miqdoriy tavsifi, transport xarajatlari, ishlab chiqaruvchining obro’i, mijoz 
istagiga reaktsiyaning tezligi, to’lovni kechiktirish imkoniyati kabi ko’rsatkichlar 
turadi. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari 
o’zlarinikini emas, balki jamoat mablag’larini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini 
tanlashda ular, eng avvalo, ishonchlilik, qonunga rioya qilishlik, shuningdek, shaxsiy 
aloqalari sharoitlaridan kelib chiqib yo’l tutadilar. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin