127
ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha
agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar
va xaridorlar etkazib
berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham
olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi.
Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa
resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi
cheklangan resurslarni
tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga
oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot
tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda
xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy
nazorat siyosatini olib
borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida
quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:
mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
to’g’ri va egri xarajatlar;
chegaralangan foyda;
foydalilik nuqtasi;
narx chegirmalari.
Dostları ilə paylaş: