Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Qo’llab-quvvatlovchi marketing



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, 
ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va 
tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli 
talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning 
kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog 
birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab 
turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni 
amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak. 
To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining 
faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada 
qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past 


123
bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy, keng 
rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi. 
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga 
bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib 
salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni 
vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari 
talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va 
sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin. 
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan 
yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar 
(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab 
mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni 
qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni 
zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol 
qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda 
marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga 
hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin