Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

12.5. Marketing turlari 
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, 
uning ichki imkoniyatlari va tashqi shartsharoitlaridan kelib chiqadi. Bu erda 
marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga 
erishish uchun yagona yo’naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo’ladi, bu esa o’z 
navbatida turli xil marketing turlarining harakatlanishini belgilab beradi. 
Etakchi mualliflarning ishlarini o’rganib chiqib, rossiyalik tadqiqotchi 
R.A.Fatxutdinov marketing turlarini faoliyat sohasi va turi, bozorning rivojlanish 
darajasi va boshqa omillarga bog’liq hodda tasniflash zarur degan fikrga keladi (19-
jadval). 
 
19-jadval. Marketing turlarining tasniflanishi 
Tasniflash 
Marketing turi 
Marketing mazmuni 


119
belgisi 
1.Amal qilish davri 
1.1.Strategik marketing Bozorni strategik segmentlash asosida 
firma strategiyasini shakllantirish, 
tovarlar sifatini oshirish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish va 
raqobatbardoshlik me'yorlari 
strategiyasini prognozlash bo’yicha 
ishlarning kompleksi. 
1.2. Taktik marketing 
Bozorni taktik (qisqa muddatli) 
segmentlash, reklama va tovarlar 
sotilishini rag’batlantirish bo’yicha 
ishlar kompleksi. 
2. Amal qilish sohasi
2.1. Jamoatchilik 
xususiyatiga ega 
bo’lgan g’oyalar 
marketingi 
Maqsadli guruh (yoki maqsadli 
guruhlar) tomonidan ijtimoiy g’oya, 
harakat yoki amaliyotni qabul 
qilishlariga erishish maqsadida amalga 
oshiriladigan dasturlarni ishlab 
chiqish, hayotga tadbiq etish va 
bajarilishini nazorat qilish. 
2.2. Joylar marketingi 
Alohida joylar, ob'ektlarning 
joylashishiga nisbatan mijozlarning 
munosabatini paydo qilish, saqlab 
turish yoki o’zgartirish bo’yicha 
faoliyat. 
2.3. Ichki marketing 
Firma ichida mijozlar bilan ishlaydigan 
xodimlarni o’qitish va motivlashtirish
bo’yicha amalga oshiriladigan 
marketing. 
2.4. Tashkilotlar 
marketingi 
Mazkur firmani qiziqtiradigan hamma 
shaxslar va tashkilotlarning 
munosabatini va xatti-harakatlarini 
paydo qilish, saqlab turish yoki 
o’zgartirishga yo’naltirilgan faoliyat. 
2.5. Xalqaro (global) 
marketing 
Firmaning xalqaro miqyosdagi faoliyati
3. Xatti-hara 
katlar sohasi 
3.1. Iste'mol 
marketingi 
Firmalar va pirovard iste'molchilar, 
jismoniy shaxslar yoki oilalar 
o’rtasidagi marketing. 
3.2. Industriya 
lashgan marketing 
Ikkita firma (huquqiy shaxslar) 
o’rtasidagi marketing. 
3.3. Ijtimoiy marketing Foyda olishni o’z oldiga maqsad qilib 
qo’ymaydigan byudjet (davlat) 
tashkilotlari tomonidan insonlarning 
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish 


120
bo’yicha marketing. 
4. Faoliyat turi 
4.1. Moliyaviy 
marketing 
Moliyaviy faoliyat sohasidagi 
marketing. 
4.2. Innovatsion 
marketing 
Innovatsiyalar, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining yutuqlari, nou-xaularni 
ishlab chiqish va joriy qilish sohasidagi 
marketing. 
4.3. Sanoat marketingi Sanoat mahsulotiga bo’lgan ehtiyojni 
qondirish va ishlab chiqarish 
sohasidagi marketing.
4.4. Xizmatlar 
sohasidagi marketing 
Xizmat ko’rsatish doirasidagi 
ehtiyojlarni qondirish marketingi 
5. Ta'sir etish usul

5.1. To’g’ri marketing Vositachisiz marketing 
5.2. Televizion 
marketing 
Televizion ko’rsatuvlarni qo’llashga 
asoslangan marketing
5.3. Pochta orqali
marketing
Pochta-aloqa vositalaridan 
foydalanadigan marketing 
5.4. Katalog bo’yicha 
marketing 
Kataloglardan foydalangan holda tovar 
va xizmatlarni tanlash va reklama 
marketingi. 
6. Bozorning 
rivoj
lanish darajasi 
6.1. Passiv marketing 
Talab taklifdan oshgan sharoitda, 
iste'molchiga emas, ishlab chiqarishga 
yo’naltirilgan marketing. 
6.2. Tashkiliy 
marketing 
Sotilishlar kontseptsiyasi, bozorlarni 
topish va tashkil qilishga yo’naltirilgan
marketing. 
6.3. Faol marketing 
Taklif talabdan oshgan sharoitda, 
raqobat qonunining faol amal qilishi 
sharoitidagi marketing. 
7. Marketingni
ng 
rivoj
lanish 
darajasi 
7.1. Taqsimlovchi 
marketing 
Ishlab chiqarish tovarlarini taqsimlash 
bo’yicha marketing. 
7.2. Funktsional 
marketing 
Tovarlarni ishlab chiqarish va 
taqsimlash marketingi.
7.3. Boshqaruvchilik 
marketingi 
Tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va 
taqsimlash bo’yicha marketing. 
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing 
jarayonlarini har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi. Shuni 
hisobga olish kerakki, vazifalarni echishda marketologlar bitta emas, balki turli xil 
marketing turlariga duch kelishlari mumkin. Talab holatiga qarab sakkizta vaziyatni 
ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ulardan har biriga marketingni boshqarish bo’yicha aniq 
vazifa mos keladi. Marketing tiplari bozor talabiga va uning orqasida turadigan 
iste'molchiga ta'sir etish omili sifatida 20-chizmada keltirilgan. Ular talabga ta'sir 


121
etishning hamma asosiy yo’nalishlarini - talabni yaratishdan tortib ob'ektlari iste'mol 
qilish paytida inson organizmiga ta'sir ko’rsatadigan irratsional talabga qarshilik 
qilishgacha - deyarli ochib beradilar. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin