115
savdoning liberallashuvi, investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin
tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini
o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi
shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendentsiyalari
korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish kontseptsiyasi
sifatida qabul qilish, funktsiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni
qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funktsiyalararo
guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu kontseptsiya bilan
bog’liq. Ba'zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar,
oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab
chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon
bo’ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib
keladi.
Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini
himoya qilishi yo’lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning harakati
iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan
iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o’tish sifatida
qaraladi. Konsyumerizm marketing kontseptsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki
uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va
marketingning atrof-muhitga ta'siridan tashvishlanishni ifodalovchi
Dostları ilə paylaş: