Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish 
mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab 
chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan 
maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, 
"Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda 
to’rtta muqobil javob mavjud: 
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish. 
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash. 
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish. 
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning 
miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy 
muhitning sifati. 
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi. 
Marketingni qo’llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini 
Filipp Kotler quyidagicha ta'riflaydi: 


117
"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar" 
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy 
maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning 
obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. 
Ular quyidagilardan iboratdir: 
1. Mashhurlikni oshirish. 
2. Yuqori imijga erishish. 
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish. 
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. 
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
5. Foydaning hajmi. 
6. Sotilishlar hajmi. 
7. Bozor ulushining oshishi. 
8. Barqarorlikni ta'minlash. 
9. Xarajatlarni kamaytirish. 
10. Mehnat unumdorligi. 
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, biznes 
sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori 
foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat". 
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan 
tashqari osonlashtirib yuboradi. 
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, 
vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing 
quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan: 
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot 
(tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash. 
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini 
yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini 
tashkil etish. 
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish 
va rejalashtirish. 
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish. 
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish 
uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, 
texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va 
yo’naltirish. 
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar 
siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon 
bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi: 
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli 
mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi. 
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari 
o’rganiladi. 
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi 
(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo). 


118

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin