Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Tijorat harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tijorat harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi sotish va sotilishlarni 
rag’batlantirish sohasida etarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar 
firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning 
asosiy maqsadi - sotilishlar hajmining o’sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining 
asosiy maqsadi - sotish va xizmat ko’rsatish texnologiyasi va sotishni rag’batlantirish 
bo’yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish. 
Vaqt o’tishi bilan marketing mohiyati tovar va narx siyosati, taqsimlash, 
siljitish va sotish jarayonlarining majmui sifatida tobora ko’proq tushunilib boryapti. 
"Marketing aralashmasi" deb tarjima qilingan maxsus "marketing-miks" atamasi 
kiritilyapti. Keyingi umumiy marketing kontseptsiyasi marketing-miks 
kontseptsiyasiga aylanadi, asosiy e'tibor iste'molchilar ehtiyojlariga va ularning 
samarali qondirilishiga qaratiladi. Endi yakuniy natijaga erishish, ya'ni foyda olish, 
tovar va boshqa bir qator omillar va marketing harakatlari vositasida (marketing-
miks) iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishga uzviy bog’lanib qoldi. 
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-yillarning 
o’rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu erda strategik, 
ijtimoiy yo’naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari, katta ijtimoiy 
guruhlar marketingi - mezo - va mega-marketinglar kontseptsiyalari hukmronlik 
qiladi. Iste'molchilar dunyoning yagona markazi bo’lmay qoladi. Bunda uchta 
omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, xaridorlarning ehtiyojlari va 
jamiyat manfaatlari. 
Strategik marketing kontseptsiyasi asosida iste'molchilar va raqobatchilarga 
yo’naltirilganlik yotadi. Strategik marketing mazmuni iste'molchilar ehtiyojlarini 
qondirish va bir vaqtning o’zida yaxshiroq iste'mol xususiyatlariga ega bo’lgan 
tovarni yaratish yoki pastroq narx qo’yish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlikka 
erishishdan iborat. Raqobatchilarga yo’naltirilganlik 
iste'molchilarga 
yo’naltirilganlikka zid bo’lmaydi. Aksincha, uni kuchaytiradi, chunki korxonalar 
shunday sharoitga qo’yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish, 
xarajatlar va boshqa sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab 
qiladi. 
Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom 
ashyoviy, energetik va boshqa muammolar jamiyat ehtiyojlarini va iqtisodiy 
resurslarga yo’naltirilganlikni kuchaytirib, marketingning iste'molchilik 
kontseptsiyasini ancha o’zgartirib yubordi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin