111
va taklifni muvozanatiga
erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga
yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko’yidagi muhim
vazifalarni hal etmog’i lozim:
xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o’rganish
va aniqlash;
tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni
o’rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni
tovarlarni sotib olishga
qiziqishini ortirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga
oshirish uchun ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma'lumotlar
olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar
yig’ish;
tovarlarga bo’lgan
talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat
qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning
maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.
Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi xaridorlarni
jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing
tizimida reklamaning asosiy
xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham
egadir.
Dostları ilə paylaş: