Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Sotishni rag’batlantirish



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga 
chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu 
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni 
rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko’rgazma-savdo, yarmarkalar, 
maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish 
jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan 
harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq 
tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi 
barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z 
ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi 
vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati 
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab 
chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini 
ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo’lishi kerak. 
Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud 
bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi iste'molchiga mo’ljallanganidan juda ham 
yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash 


112
imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan 
mustasno. 
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda 
foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste'molchidan sanoat 
korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot 
oqimini ta'minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, 
sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. 
Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish 
to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq hal 
qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan 
oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini 
hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab 
qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli 
darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi 
tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor 
harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni 
ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi 
talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, marketingli 
faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, 
ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor 
kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur. 
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan 
birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va 
undan samarali foydalanishlari lozim. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin