20-chizma. Talabning har xil holatlarida qo’llanadigan marketing tiplari O’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga
bog’liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
Shuning uchun mazkur holda o’zgartiruvchi marketingning vazifasi bo’lib qandaydir
mahsulotga nisbatan iste'molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga
yo’naltirish, narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo’li bilan o’zgartirish
hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o’zgartiruvchi marketingni tamaki firmalari
qo’llaydilar, bunda davlatning sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta idoralari va
jamoatchilikning faol xatti-harakatlari natijasida chekuvchilarning soni keskin
kamaymoqda. Mazkur holda marketingning vazifasi bo’lib talabning paydo bo’lishi
va uni mahsulot taklifi darajasigacha ko’tarishga yordam beradigan rejani ishlab
chiqish hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo’qotgan vaziyatlarini
tiklash maqsadida tarkibida kantserogen moddalar kam bo’lgan sigaretalarning
maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir vaqtning o’zida siljitish tizimini
kuchaytirish bo’yicha ishlarni olib boradilar.
Rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning
yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu erda iste'molchilarning ushbu tovarga
nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi. Marketing vazifasi
bo’lib iste'molchilarning mahsulotga nisbatan befarqligini o’zgartirish uchun
mahsulotga xos bo’lgan foydali tomonlarini iste'molchilarning ehtiyojlari va
manfaatlari bilan bog’lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. Rag’batlantiruvchi
marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo’ljallangan:
iste'molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi, to’siqlarni yo’qotish
Mar
kе
ting
tip
la
ri
Ўzgaruvchi
Talab salbiy, uni yaratish kеrak
Rag’batlantiruvchi
Talab yo’q, uni paydo qilish kеrak
Rivojlantiruvchi
Talab mavjud, uni haqiqiy qilish kеrak
Rеmarkеting
Talab pasaymoqda, uni tiklash kеrak
Dеmarkеting
Talab haddan tashqari ko’p, uni kamaytirish kеrak
Sinxromarkеting
Talab tеbranib turadi, uni barqarorlashtirish kеrak
Qo’llab-quvvatlovchi
Talab imkoniyatlarga mos kеladi, uni barqarorlashtirish kеrak
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi markеting
Irratsional talab shakllanadi, uni nolga tushirish, ya'ni yo’q qilish kеrak
122
va hokazo. Rag’batlantiruvchi marketingning asosiy qurollari: reklamani
kuchaytirish, narxlarni keskin pasaytirish, siljitishning boshqa usullarini qo’llash.