Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Teskari aloqa - eshitganga, o’qiganga yoki ko’rganga tan aks ta'sir yoki 
ta'sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga bo’lgan 
munosabatini, tushunganligi yoki to’liq tushunmaganligini, qo’llab-quvvatlashi yoki 
inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikkala 
tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur. 
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysinuvchilar 
tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga 
boruvchi rahbar o’zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali 
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi. 
Shov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta'sir ko’rsatuvchi unsurlardan 
hisoblanadi. Axborotlarni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv - bu 
g’oyani buzib talqin qilishda namoyon bo’ladi. Aytilgan so’zdan tortib, to uni qabul 
qilingungacha bo’lgan masofadagi turli to’siqlar, shov-shuvlar axborotni 
kodlashtirish va dekodlashtirish, shuningdek rahbar bilan bo’yisnuvchi o’rtasidagi 
aloqa jarayoniga katta ta'sir o’tkazishi mumkin. 
Shu sababli shov-shuvni ham e'tiborsiz qoldirish mumkin emas.
11.3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi 
Hozirgi davrda xalq xo’jaligining turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish, eng 
avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bog’liq. 
Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob'ektining faoliyati ko’p 
tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi. Bo’lar 
esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o’ta 
murakkabligi va davom etish sur'atlarining yuqoriligi bilan bog’liqdir.
Boshqaruv axborotlari o’ta turli-tuman bo’lganligi tufayli mazkur boshqarish 
qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va etarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. 
Barcha axborotlarni o’ziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya'ni 
klassifikatsiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchilikni barataraf etish yoki bir oz 
engillashtirishga ma'lum darajada yordam beradi. Turkumlanganda axborot tizimi har 
tomonlama soddalashadi, shuningdek, uni to’plash, uzatish va turlarga ajratish 
osonlashadi, buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to’liqroq ta'min etiladi.
Ishlab chiqarish doimiy rivojlanishda bo’lganligi sababli axborot turlari, soni 
va ko’lami ham ko’payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni 
to’liq deb bo’lmaydi. Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun 
axborotlar har bir boshqarish ob'ektining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq 
turkumlanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin