96
Birinchi guruh omillar "gigienik omillar" deb ataladi. Agar ish joyi iflos,
qorong’i, ko’rimsiz bo’lsa, bu mehnatga intilishni susaytiradi. Aksincha, ish joyi toza,
ergonometrik nuqtai nazardan benuqson bo’lsa, mehnatga aniq yo’naltirilgan
motivlari paydo bo’ladi. Bu erda pul masalasi ham muhimdir. Ammo pulga inson
qadr-qimmatining o’lchovi sifatida qarash ham xavflidir. Agar pulga intilish insonni
butunlay egallab olsa, u ko’payishga moyillik tug’dirib, uni boshqalarga nisbatan
buyukligini isbotlashga olib keladi. Natijada kishilardan va jamoadan ajrab qoladi.
Gertsberg nazariyasi Maslou nazariyasiga zid emas, balki uni to’ldiradi.
Qisqa xulosalar
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi,
dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir.
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo’zg’atuvchi motivdir. Ehtiyoj
qat'iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ya'ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va
jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog’liq. Eng
muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi.
Motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga
bo’lgan etishmovchilikdan yoki qoniqishning etarli, yoxud umuman yo’qligidan
boshlanadi. So’ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi.
Ehtiyojning qondirilishi darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u
muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq
ehtiyojga rag’batlantiradi.
Birinchi o’rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya'ni yashashni ta'minlash
uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardir.
Dostları ilə paylaş: