Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Motivlashtirish nazariyalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

10.3. Motivlashtirish nazariyalari 
Amerikalik ruhshunos Abraxam Maslou XX asrning 40-yillarida o’zining 
ehtiyojlari ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o’z motivlari jarayonida ehtiyoj va 
qiziqishning 5 turiga tayanadilar dedi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi quyidagi 
ko’rinishga ega (13-chizma): 
O’zligini 
isbotlash 
Hurmatga
ehtiyoj 
E'tiqod va kishilar bilan
aloqadorlikka ehtiyoj 
Ikkilamchi 
ehtiyojlar
Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj 
Fiziologik ehtiyojlar 
Birlamchi
ehtiyojlar
13-chizma. Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo’yicha) 
 
Birinchi o’rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya'ni yashashni ta'minlash 
uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu 
bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya'ni oziq-ovqatga, 
kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi 
ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi. 
Masalan, xavfsizlikka, ya'ni tinchlik, tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham 
birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy 
guruhda bo’lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning 
uchinchi bo’g’iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni ijtimoiy ehtiyojlar deb ham 
yuritiladi. 
Hurmatga bo’lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasini to’rtinchi bo’g’inini tashkil 
qiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, 
ya'ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e'tibor. O’zligini isbotlash 
ehtiyoji, ya'ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning 
haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo’lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar 
shaxsning o’sishida o’z aksini topadi. 
A. Maslou, odamlar - qonmagan ehtiyojlarini qondirishga intiluvchi "ochko’z 
maxluq"lardir, degan edi. 
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori 
darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Bu ehtiyojlarni 
qondirish uchun rahbar quyidagi usul va yondoshuvlarni qo’llashi kerak. Quyidagi 
jadvalda ularni ayrimlarini keltiramiz (16-jadval): 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin