89
insonga bee'tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini
pasayishiga olib keladi.
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning
qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo’zg’atishdir. Inson omiliga
e'tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas'uliyat bilan yondoshish mehnat resurslarini
boshqarishning bosh g’oyasidir.
Erkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona
rahbarlariga xodimlarni to’g’ri tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash
ishlariga juda katta mas'uliyat bilan yondoshishni talab qiladi.
Shunday qilib, xodimlarni boshqarishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini
korxona foydasini oshirishga yo’naltirishdir.
Nazorat savollari
1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
2. Xodimlarni boshqarish tizimi nima?
3. Xodimlarni boshqarish tamoyillari nimalardan iborat?
4. Xodimlarni rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
5. Xodimlarni boshqarishda samaradorlika erishish yo’llari aniqlang.
Tayanch iboralar
Xodim. Inson resurslarini boshqarish. Xodimlarni boshqarish. Funktsional
boshqaruv. Tashkiliy boshqaruv. Xodimlarni boshqarish tizimi. Xodimlarni
boshqarish tamoyillari. Mehnat resurslarini boshqarish. Xodimlarni rejalashtirish.
Xodimlarni boshqarish samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: