Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini 
rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo’'tadil) faoliyat 


82
ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan tashkiliy-
iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. 
Bunday boshqaruv funktsional va tashkiliy boshqaruvlarga bo’linadi. 
Funktsional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasiini echish bilan 
bog’liq masalalar, ya'ni kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, malakasini oshirish, ish 
haqi va hokazolar tushuniladi. 
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi 
barcha shaxs va institutlar, ya'ni rahbarlar, kadrlar bo’limi, kasaba uyushmalar va 
boshqalarni o’z ichiga oladi. 
9.2. Xodimlarni boshqarish tizimi 
Xodimlarni boshqarish tizimi deganda korxonada band bo’lgan kishilar 
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat 
ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan iqtisodiy-
tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Tarkiban bu tizim quyidagilarni o’z 
ichiga oladi (14-jadval): 
14-jadval. Xodimlarni boshqarish tizimi 
T/r Tizim osti tizimlari 
Boshqarish ob'ektlari 
1. Ish sharoiti 
- mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya qilish; 
- mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish; 
- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlash; 
- tabiatni muhofaza qilish va hk. 
2. Mehnat 
munosabatlari 
- shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil qilish va 
muvofiqlashtirish; 
- rahbarlar munosabatlarini tahlili qilish va 
muvofiqlashtirish; 
- ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, asabbuzarliklarni 
boshqarish; 
- kasaba uyushmalari bilan o’zaro munosabatlarni 
boshqarish va hk. 
3. Kadrlarni hisobga 
olish va 
rasmiylashtirish 
- ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, bir joydan ikkinchi 
joyga o’tishlarini rasmiylashtirish; 
- kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan ta'minlash; 
- kasbiy yo’nalishlarni aniqlash; 
- bandlikni ta'minlash. 
4. Xodimlarni 
rejalashtirish va 
xodimlar 
marketingi 
- xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish; 
- kadrlar salohiyatini tahdlil qilish; 
- mehnat bozorini o’rganish, xodimlarga bo’lgan ehtiyojni 
rejalashtirish, reklamani uyushtirish; 
- korxonani kadrlar bilan ta'minlovchi tashqi manbaalar 
bilan aloqasini o’rnatish; 
- vakant (bo’sh) joylarga nomzodlarni aniqlash va 
baholash; 
- kadrlarni joriy baholab borish. 


83
5. Kadrlarni 
rivojlantirish 
- kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar berish; 
- qayta tayyorlash va malaka oshirish; 
- zahiradagi kadrlar bilan ishlash; 
- amal va martabani nazorat qilish va rejalashtirish; 
- yangi xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik 
ko’nikmalarini ta'minlash 
6. Mehnatni 
rag’batlantirish 
vositalarini 
takomillashtirish 
- mehnat jarayonlarini me'yorlashtirish va 
tarifikatsiyalash; 
- ish haqi tizimini ishlab chiqish; 
- ma'naviy rag’batlantirish vositalaridan foydalanish; 
- foyda va kapitalga qatnashish hissasini ishlab chiqish; 
- motivatsiya va uni boshqarish 
7. Huquqiy xizmat 
- mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni echish; 
- xodimlarni boshqarishga taalluqli, farmoyishli hujjatlarni 
kelishtirish; 
- xo’jalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni echish; 
8. Ijtimoiy tuzilmani 
rivojlantirish 
- umumovqatlanish muassasalarini boshqarish; 
- kommunal xo’jalik sohasini boshqarish; 
- jismoniy tarbiya va madaniyatni rivojlantirish; 
- sog’liqni muhofaza qilish va hordiq chiqarishni 
ta'minlash; 
- bolalar muassasalari bilan ta'minlash; 
- ijtimoiy nizolarni boshqarish; 
- xalq iste'mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlarining 
sotilishini ta'minlash 
9. Boshqarishning 
tashkiliy tarkibini 
ishlab chiqish 
tizimi 
- boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini tahlil 
qilish va loyihalashtirish; 
- shtatlar ro’yxatini ishlab chiqish; 
- boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin