81
9.3. Xodimlarni boshqarish tamoyillari
9.4. Xodimlarni rejalashtirish
9.5. Xodimlarni boshqarish samaradorligi
9.1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
"Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada
ishlovchi kishi, xizmatchi" ma'nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq
maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil
yondoshuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
"Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik
jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi va ularga
ustuvorlik beriladi.
"Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko’proq kadrlar bilan
tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni
muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona
darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (13-
jadval).
13-jadval. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
Faoliyat
sohasi
Nimaga
ustuvorlik
beriladi
Qanday funktsiyalar bajariladi Bajarilishi
to’g’risida
kimga
ma'lumot
beriladi
Inson
resurslarini
boshqarish
(strategik
yondoshuv)
- Mutloq yangi
vazifalarni
echishga
- Global, uzoq
muddatli
vazifalarni
echishga
- Inson resurslarini reja-
lashtirish
- Shaxsiy qobiliyat va
malakani oshirish
- Korxonaning xodimlarga
sarflanadigan harajat doirasida
xodimlar uchun harajatlarni
rejalashtirish
Korporatsiya
Prezidentiga
Xodimlar
bilan ishlash
(tezkor
faoliyat)
- Ma'muriy
aralashuvga
zaruriyat
tug’iladigan
kundalik
muammolarni
echishga
- Kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo’yish
- Mehnat motivatsiyasini
boshqarish
- Texnika xavfsizligini
nazorat qilish
- Nizolarni hal qilish
Korporatsiya
vitse-
prezidentiga
Dostları ilə paylaş: