Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari 
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat 
haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni 
quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
 ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, 
standartlarni ishlab chiqish va hk.; 
 ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga 
yo’l qo’ymaslik; 
 ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat 
ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish. 
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat: 
 kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni 
tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati
 ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat 
ehtiyot yoki joriy nazorat
 tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga 
bo’linadi. 
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan 
talablarga muvofiqligini tekshirishdir. 
Qisqa xulosalar 
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo 
rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. 
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga 
oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat 
tushuniladi. 
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat 
miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga 
ega bo’ladi. Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil 
qiladi va bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi 
tizimga ta'sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va 
eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim 
boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
Ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni 
tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat 
bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha 
funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi. 


80

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin