Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati 
hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda 
tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum 
unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad 
yo’nalishida tartibli ta'sir ko’rsatishdir. 
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat 
miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga 
ega bo’ladi. 
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob'ekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni 
bo’lib, u: 
 moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari); 
 tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga 
qo’yish, o’qitish va hk.); 
 xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta'mirlash, tashish va hk.); 
 mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni 
o’z ichiga oladi. 
Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub'ekti - bu bir guruh kishilar hamda 
boshqaruv organlaridan iborat bo’lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar 
yordamida boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o’tkazadi. Boshqarish ob'ektlari bo’lmasa, 
uning sub'ektlari ham bo’lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida 
boshqaruvchi kichik tizim yotadi. 
Masalan, korxona bo’g’inida sub'ekt bo’lib, shu korxonaning direktori va unga 
bo’ysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanda. Ob'ekt bo’lib esa shu korxonadagi 
barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi 


76
Tsex bo’g’inida sub'ekt bo’lib, tsex boshlig’i va unga bo’ysinuvchi barcha 
boshqaruv apparati hisoblansa, boshqariladigan ob'ektni esa barcha tsexlar tashkil 
qiladi. 
Uchastka bo’g’inida boshqariluvchi ob'ektga ishchilarning ish joylari kiradi. 
Boshqaruv sub'ekti bo’lib, uchastka boshliqlari hisoblanadi. 
Ish joylarida ham boshqarish mavjud bo’lib, u boshqa ko’rinishda amalga 
oshiriladi. Bunday boshqarish mehnat vositalarini, ya'ni buyumni boshqarish deyiladi 
(12 -jadval). 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin