71
foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal
variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o’taydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo’linadi, omillar aniqlanadi;
tanlab olingan omillarning o’zaro aloqasi aniqlanadi va o’zaro ta'siri
baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;
tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;
qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo’llari aniqlanadi.
Bularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga
oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin.
Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya'ni:
tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani
tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;
qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.
Dostları ilə paylaş: