Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo’jalik 
faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, 
to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi. 
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul 
qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p 
hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan 
qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar 
faoliyatining 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu jamoada 


68
keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga 
tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar o’rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi, nizolarning kelib 
chiqishi muqarrardir.
Yakdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul 
qilishda, shuningdek qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" bo’lmagan 
hollarda yuzaga keladi.
Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya'ni turli ittifoq yoki 
birlashmalar ro’yirost ma'lum bo’lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat 
qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga 
o’tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. 
Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan 
me'yor 2/3 deb tasdiqlanadi. 
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya'ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda 
axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan: 
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-
tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. 
Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari 
surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini 
qo’llash yordamida erishiladi. 
"Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra 
majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, 
bir necha bosqichda amalga oshiriladi (11-jadval). 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin