Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

11-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari 
T/r Bosqichlar 
Izoh 
1. Birinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan 
qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi 
mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni 
jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. 
2. Ikkinchi 
bosqich 
- Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan 
pog’onaga uzatiladi. 
3. Uchinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari 
bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu 
ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish 
bosqichidir. 
4. To’rtinchi 
bosqich 
- Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va 
konferentsiyalar o’tkaziladi. 
5. Beshinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim 
o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini 
oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat 


69
tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun 
yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni 
qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi. 
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida 
qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, 
optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish 
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, 
balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu 
sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra 
xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 3-chizmada 
ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin