Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti 
Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular 
o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab 
chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir. 
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har 
bir tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning 
ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi. 
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab 
chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini 
o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq. 
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda 
ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi: 
I
k
I
ch
Т
А I 
ICh
v
Bu erda: I
k
- ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil); 
ICh
v
- ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya'ni xom-ashyo, 
materiallar va mehnat qurollari, ya'ni mashina, asbob-uskunalar, o’lchash, hisoblash 
asboblari va hk.); 
I
ch
- ishlab chiqarish jarayoni; 
T - taqsimot; 
A - ayirboshlash; 
I - iste'mol. 
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash 
orqali iste'mol qilish bilan tugallanadi. 
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa: 
 ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga; 
 investitsiya samaradorligiga; 
 mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliligiga; 
 tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga; 
 yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga 
bog’liqdir. 


78
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga 
ta'sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. 
Chunonchi: 
 ishchi kuchini boshqarish; 
 ishlab chiqarish vositalarini boshqarish; 
 texnikua va texnologiyani boshqarish; 
 ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish; 
 mahsulot sifatini boshqarish; 
 investitsiya samaradorligini boshqarish; 
 innovatsion jarayonni boshqarish va b. 
Qayd qilingan ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom 
ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni 
boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin