Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Xodimlarni boshqarish samaradorligi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

9.5. Xodimlarni boshqarish samaradorligi 
Xodimlarni boshqarish samaradorligi ko’p jihatdan xodimlarni tanlashga 
bog’liq. Xodimlarni tanlash - bu ikki tomonli jarayondir. Bir tomondan korxona 
da'vogarga ish berish yoki bermaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan da'vogar agar 
ishga taklif qilinsa, u bu taklifni qabul qilish kerakmi yoki kerak emasligini hal qiladi. 
Bu jarayonda rahbar quyidagi holatlarga o’z e'tiborini qaratmog’i lozim. 
 Da'vogarlarni, ayniqsa, o’zi to’g’risida qisqacha ma'lumotlarni taqdim 
etganlarni bilib olish uchun iloji bo’lgan barcha tadbirlarni ko’rmoq kerak. 
 Ochiq berilgan tavsiyalarga ortiqcha ishonavermay, o’zingiz shaxsan, 
surishtirib bilganingiz durust. Ancha ochiq fikr olish uchun nomzodning sobiq ish 
beruvchisiga qo’ng’iroq qilish yoki u bilan shaxsan uchrashish lozim. O’sha 
rahbarning mazkur xodimdan ajralayotganiga qanday qarayotganini e'tibor bilan 
kuzatish kerak. 
 Har bir da'vogarning oilaviy xotirjamligini surishtirib ko’rish lozim. 
Da'vogar bilan suhbatni shunday olib borish kerakki, toki ish birinchi o’rinda 
bo’lsin, shunda oddiy korxona xodimi o’rniga da'vogar o’zini bosh vazir lavozimiga 
da'vogardek tutmaydi. 
Birinchi navbatda shuni ta'minlamoq kerakki, ishga qabul qilinayotgan odam 
muzokaralar chog’ida o’zining bo’lajak ishining barcha xususiyatlarini tasavvur 
qilsin, kelgusida xafa bo’lib yurmasin, bunda biron-bir salbiy hollarga yo’liqmasin. 
Da'vogarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilganda, shuningdek 
muzokaralar olib borilganda: 
 uning topshirilayotgan ishni bajara olishiga; 
 zarur bo’lib qolganda kasbiy ma'lumotini oshira bilishiga; 
 texnikaga nisbatan e'tiboriga; 
 fe'l-atvoriga; 
 halolligi, mulohazaliligi, turmushda hozir-nozirligi va to’g’riligiga; 
 tashabbuskorligi, hayotga talabchanligiga; 
 ishga hamda ish kuning davomiyligiga; 
 og’ir sharoitda o’zini tutishiga; 
 salomatligi, tashqi ko’rinishi, vaqtni taqsimlay bilishiga; 
 hunari va bo’sh vaqtlardagi mashg’ulotlariga diqqat qilish lozim. 
Har bir da'vogarga u bilan turmushi to’g’risida suhbatlashish va barcha zarur 
savollarga javob olish uchun etarli darajada vaqt ajratish kerak. 
Bulardan tashqari shuni unutmaslik kerakki, ishga qabul qilinayotgan nomzod 
topshiriladigan ishni bajarishga yaroqligina bo’lib qolmay, balki korxonaning boshqa 


88
xodimlar bilan chiqishib ketadigan ham bo’lish kerak. Agar u shu keyingi talabga 
muvofiq kelmasa, odatda yaxshi mutaxassisning ham bahridan o’tish kerak. 
Ishga qabul qilingan odam o’z hamkasblariga qo’shilib ketganda o’zini o’z 
uyidagidek his etishi muhimdir. U o’z burchlarini qanday eplayotganini diqqat bilan 
kuzatish, hamda unga yordam berish kerak, uning yangi joyda o’zini tutib olishi 
uchun vaqt kerakligini anglamoq lozim. 
Xodimlarni tanlash va ularga adolatli baho berish boshqarishning eng 
murakkab qirralaridan hisoblanadi. Shu sababli ularni to’g’ri tanlash va joy-joyiga 
qo’yishda zarur mas'uliyat bilan yondoshilmasa ish yakunlari kutilgan samarani 
bermasligi aniq. Xodimlarni tanlash uslubi qanchalik puxta ishlab chiqilgan bo’lsa, 
shunchalik korxonaning mehnat faoliyatida kutilmagan samaradorlikka erishish 
amaliyotda isbot etilgan. 
Xodimlarni tanlashda ularning ko’p qirrali xislatlarini aniqlash imkonini 
beruvchi quyidagi maxsus usullar qo’llaniladi: 
 anketa ma'lumotlarini tahlil qilish usuli; 
 ruhiy testlash usuli; 
 amaliy ish o’yinlarini o’tkazish usuli; 
 malakaviy testlash usuli; 
 taqrizlarni tekshirish usuli; 
 suhbat o’tkazish usuli; 
 attestatsiyadan o’tkazish usuli; 
 reyting usuli. 
Attestatsiya jarayonida xodimlarni malakasiga, uning bajarayotgan ishiga 
yoki lavozimiga loyiqligiga xolisona baho berilishi kerak. Attestatsiya qilinayotgan 
xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy 
xizmati, mehnat intizomi, o’z vazifasini sidqi dildan bajarishi kabilar inobatga 
olinishi zarur. ana shular asosida attestatsiya o’tkazuvchilar ochiq ovoz berish yo’li 
bilan quyidagi baholarni berishi mumkin: 
 bajarayotgan lavozimiga loyiq; 
 xodim ko’rsatilgan nuqsonlarni keyingi o’tkaziladigan attestatsiyagacha 
yo’qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq; 
 egallab turgan lavozimiga loyiq emas. 
Shunday qilib, xodimlarni boshqarishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini 
korxona foydasini oshirishga yo’naltirishdir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin