Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 
2005 
2. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-
uslubiy majmuasi. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 
2006, 156 b
3. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv 
uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish 
texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b 
4. Sharifxo’jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. -T.: O’qituvchi, 2001, 705 b.
5. Дятлов А. Н. Общий менеджмент: Концепции и комментарии: 
Учебник. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 400 б. 
6. Загородников С.В. Краткий курс по менеджменту: учеб. пособ. –М.: 
“Окей – книга”, 2007.-160 б. 
7. Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб. Питер, 2008.-512б. 
8. www.morozov.ru – Россия Менежмент ва бозор академиясининг расмий 
сайти. 
10-BOB. MENEJMENTDA MOTIVLASHTIRISH 


90
Motivlashtirish_tushunchasi_mazmuni_va_mohiyati'>10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati 
10.2. Motivlashtirish modellari va strategiyasi 
10.3. Motivlashtirish nazariyalari 
10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati 
Ruscha - o’zbekcha lug’atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki 
harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, 
vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson 
omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan: 
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, 
dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga 
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir 
Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar 
bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan 
bog’liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi. 
Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini 
issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim-
kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, 
bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va 
sog’lom hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga 
ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi. 
Umuman: 
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo’zg’atuvchi motivdir 
Ehtiyoj qat'iyan tabaqalashgan bo’ladi. YA'ni u kishilarning odati, didi va 
ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash 
sharoitlariga ham bog’liq. 
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni 
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish 
jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (8-chizma): 
Maqsad 
Ehtiyojlar 
(еtishmovchilikl
ar) 
Harakat (tutgan 
yo’l) 
Motiv yoki 
istaklar 
Ehtiyojni qondirish natijalari: 
1.Qoniqdi 
2.Qisman qoniqdi 
3.Umuman qoniqmadi 


91

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin