90
Motivlashtirish_tushunchasi_mazmuni_va_mohiyati'>10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
10.2. Motivlashtirish modellari va strategiyasi
10.3. Motivlashtirish
nazariyalari
10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
Ruscha - o’zbekcha lug’atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki
harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar,
isbotlar, bahonalar,
vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson
omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi,
dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni
jonli mehnat faoliyatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir
Boshqacha qilib aytganda
motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar
bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan
bog’liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi.
Inson
tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini
issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim-
kechak,
oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki,
bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va
sog’lom hayot
kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga
ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi.
Umuman:
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo’zg’atuvchi motivdir
Ehtiyoj qat'iyan tabaqalashgan bo’ladi. YA'ni
u kishilarning odati, didi va
ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga,
mehnat va yashash
sharoitlariga ham bog’liq.
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish
jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (8-chizma):
Maqsad
Ehtiyojlar
(еtishmovchilikl
ar)
Harakat (tutgan
yo’l)
Motiv yoki
istaklar
Ehtiyojni qondirish natijalari:
1.Qoniqdi
2.Qisman qoniqdi
3.Umuman qoniqmadi