99
befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt sarflashga olib
keladi.
Axborot tushunarli bo’lishi kerak, chalkash,
bir-biri bilan taqqoslab
bo’lmaydigan ko’rsatkichlar to’g’ri rahbarlik qilishga va o’z vaqtida qaror qabul
qilishga putur etkazadi.
Axborotning o’z vaqtida kelishi va o’z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi,
ya'ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, ishlab chiqarishning
uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki
axborotni boshqarish turli
maqsadlar uchun oson o’zgarish, undan boshqaruvning barcha bo’g’inlarida
foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo’shimcha ishlov
bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega.
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kechi
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta'min
etilishi, axborot hajmi maqsadga
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi
tezkor va to’g’ri boshqarishga halal beradi. Boshqarish apparati xodimlar qanchalik
yuqori malakali bo’lsalar, axboro qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga
solingan bo’ladi. Boshqarish organlari ma'lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari
bilan qanchalik mukammal ta'minlangan bo’lsa,
rahbarlarga ortiqcha, befoyda
ma'lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o’z navbatida axborot oqimidagi
tejamkorlikni ta'minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to’g’ri
aloqagagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo’lishidir. Teskari aloqa har
qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm
hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo’ysinuvchidan boshliqqa)
kelib tushadigan axborotni, ya'ni berilgan farmoyish
va buyruqning natijalari
to’g’risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko’p tomonlama va xilma-xil
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu
farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to’g’risida teskari aloqa yo’li
bo’yicha o’z vaqtida axborot bilan ta'minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi
va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha
darajalarida mustahkam
teskari aloqa mavjudligi harakterlidir. Odatiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishi bo’yicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar, albatta
umumxalq muhokamasiga qo’yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va istaklari
hisobga olinib, qo’shimchalar va o’zgarishlar kiritiladi.
Teskari aloqa yordamida axborotni jo’natuvchi bilan uni qabul qiluvchi
o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul
qiluvchi axborot bilan
o’zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya'ni har ikki tomon o’z vazifalarini
o’zaro almaggandek bo’ladi.