Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-BOB. BOSHQARISHDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

11-BOB. BOSHQARISHDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA 
11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli 
11.2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar 
11.3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi 
11.4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon 
11.5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar 
11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli 
Axborot bu ma'lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan yangilik 
unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o’ta zarurdir. 
Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar 
boshqaruv negizi hisoblanadi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar 
o’rtasidagi o’zaro aloqalar axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi (14-
chizma): 
Tashqi
axborot 
Ichki axborotlar 
Boshqaruvchi tizim
Boshqariluvchi 
tizim 


98
Boshqaruv buyrug’i 
14-chizma. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari 
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob'ektning holati hamda boshqariluvchi 
ob'ekt bog’liq bo’lgan tashqi muhim holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot 
boshqaruvchi va organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u 
boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot 
boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o’tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga 
yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi. 
Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni 
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot 
boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu: 
 ish o’rinlarigva xom-ashyoning kelib tushishi; 
 stanok, uskunalarning ishlashi; 
 ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; 
 tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; 
 mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. 
Tashqi axborotlar, ya'ni: 
 yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar; 
 mahsulot iste'molchilari talablari; 
 boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari; 
 raqobatdoshlarning xatti-harakatlari; 
 bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat; 
 inflyatsiya va ishsizlik darajasi; 
 byudjetga to’lovlar va hokazolarda oid ma'lumotlar shu turkumdagi 
axborotlar sirasiga kiradi. Bo’lar tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar 
hisoblanadi. 
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan 
aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin