12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob'ekt" va "sub'ekt" tushunchalari Ishlab chiqarish bo’g’inlari
Boshqariluvchi tizim
(ob'ekt)
Boshqaruvchi tizim
(sub'ekt)
Korxonada
- Tsexlar, uchastkalar
- Direktor va unga
bo’ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati
Tsexda
- Uchastkalar
- Tsex boshlig’i va unga
bo’ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati
Uchastkada
- Ishchilarning ish joylari
- Uchastka boshlig’i va
unga bo’ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati
Ish joylarida
- Mehnat vositalari
- Ishchilar, xizmatchilar va
boshqa xodimlar
Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va
bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga
ta'sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng
muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim
boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
8.2.Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;
odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu
jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir
ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun
mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida
ishtirok etadilar (5-chizma).
Ishchilar
Odamlarni
boshqarish nuqtai
nazardan-bu
Buyumlarni
boshqarish nuqtai
nazardan-bu