75
oshiriladigan bevosita ijtiomiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga
ma'lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik
o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib,
butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni
bajaradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga
oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat
tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
ijtimoiy-iqtisodiy;
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro
bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi
ta'sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning
mehnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko’ra boshqaruv: sanoat ishlab chiqarishini,
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga
bo’linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko’ra boshqaruv: tuman viloyat, mamlakat
miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo’linadi.
Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: