Ilmiy davrlash tamoyillari
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o'rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Taniqli
iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: “Amalda iqtisodiy g'oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining
mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalar ular tushuntirib berayotgan
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi,
agar bu g‘oyalaro‘z maqsadlariga to‘la javob berishini ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda
o‘zgarib turishlari kerak” deb yozgan edi.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g'oya, qarash, konsepsiya,
nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ulaming barchasini to‘la o‘rganish alohida bob,
maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va
umumlashtirib e’lon
qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami ma’lum tizimga solish va
shu asosda o‘rganish maqbuldir. 0‘tgan davr hodisalari va g'oyalarini hozirgi zamon qarashlari
“qolipi”ga zo‘rma- zo‘raki keltirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni yuzaki
zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fan sifatida tarixni rivojlanish turkumlari quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat:
-alohida mamlakat va hududiaming iqtisodiy rivojlanish davrlari;
-jahon
iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotigacha boigan davri;
-bozor munosabatlari rivojlanayotgan davr;
-ijtimoiy yo'naltirilgan va nazorat qilinadigan jahon iqtisodiyoti davri;
-zamonaviy davr.
Xo‘jalik rivojlanishining davriy tarixi B.Gildebrand bo‘yicha quyidagicha:
-natural xo'jalik davri (m.a. XII asr yarmi). Savdo hali rivojlanmagan, xo‘ja!ik
yurituvchilar o'rtasida
barter munosabatlari davri;
-pul xo‘jaligi (milodiy XI1-XVI11 asrlar). Tovar almashinuvi murakkablashgan davr;
-kredit xo‘jaligi (XIX asr o‘rtalaridan to hozirgacha) tovar almashinuvi geografik
chegaralanmagan, savdo va kredit nihoyatda faol davr.
K. Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy tarix davrlari:
-
ibtidoiy jamoa davri (m.a.VI asr);
-
quldorlik davri (m.a.V asr va milodiy VI asr)
-
feodal davr (VI - XVIII asrlar);
-
kapitalistik davr (XIX asrdan XX asrgacha);
1-chizma. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari va maktablari
5
-
kommunistik davr (XX asr).
Tarixiy xronologik nazariya bo‘yicha:
-eski zamon (m.a. 223- VIII asrlar) insonlar ko'chmanchilik. ovchilik va terimchilik
mehnati bilan shug‘ullanishi;
-antik davr (m.a. V asrdan to milodiy VIII asrlar) quldorlik
rivojlanishi va yerlarga
xo‘jalik, savdo rivojlanishi;
-o‘rta asr (milodiy V va XVI asrlar) davlat va iqtisodiy munosabatlaming faol rivojlanishi;
-renessans davri (XVI-XVIII asrlar) buyuk ixtirolar davri;
-buyuk ochilishlar davri (XVIII asrning I choragi va o‘rtaIari) dunyoda yangi davlatlar
ochilishi;
-erkin raqobat davri (XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asr oxirlari) bozor mexanizmlarini
faollashuvi, ishlab chiqarish revolyutsiyasi bilan bog‘liq;
-monopolik raqobat davri (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning
0
‘rtalari)
ishlab
chiqarishning murakkablashuvi va kapitalning kengayishi;
-ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyot (XX asr yarmidan hozirgacha) har bir shaxsning
iqtisodiy shakllanishi davri.
Ibtidoiy jamoa davri quyidagi davrlarga bo'linadi:
-poleolit (m.a. 400- 40 asrlar) jamiyat to‘da boMib yashashi, yig‘im- terim va ovchilik
bilan shug‘ullanishi;
-mezolit (m.a. 40- XIV asrlar) ovchilik anjomlarini rivojlanishi
junlarni qayta ishlash,
baliq ovlash, to‘da o‘miga ibtidoiy jamoa shakllanishi;
-neolit davri (m.a. 14- X asrlar) dehqonchilik rivojlanishi, uy hayvonlarini vujudga kelishi,
hunarmandchilik va ijodiyotni rivojlanishi, o‘troq hayot kechirishi;
-ilk temir davri (m.a. 10- V asrlar) mehnat qurollari,
dehqonchilik, barter rivojlanishi.
Bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar:
-o‘troq hayot kechirishni tanlash;
-qishloq xo'jaligining vujudga kelishi;
-aholining ko‘payishi;
-birinchi shaharlar vujudga kelishi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish davrlari esa quyidagi davriar bilan bog‘liq:
-genezis (1880- 1940 yillar) xo‘jalik munosabatlari inqirozli davri; -shakllanish (1950 -
1970) kolonial tizimning buzilishi va rivojlangan mamlakatlarning vujudga kelishi (dunyo
kapitalizm va sotsializmga boMinishi)
-rivojlanish (1980 - 1990) mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar keng tarmog
1
olishi davri.
Shuningdek, barcha mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlangan, o‘tish davri va
rivojlanayotgan mamlakatlarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: