1 mavzu. Jaxon iqtisodiy tarixini o’rganishy o’nalishlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix04.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#107349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 MAVZU ITT (2)

Asosiy savollar 
 


3.1. 
V-X asrlarda G'arbiy Yevropada feodalizmning rivojlanish xususiyatlari 
3.2. 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xojaligi 
3.3. 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo 
sotiq 
3.4. 
Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining vujudga kelishi. 
3.5. 
Buyuk geografik kashfiyotlar 
3.6. 
Yevropada "narxlar inqilobi" 
3.7. 
Jahon bozorining vujudga kelishi 
3.1. 
V-X asrlarda G'arbiy Yevropada feodalizmning rivojlanish xususiyatlari 
G'arbiy Yevropa feodalizmida 
2 xil ijtimoiy tizim shakllangan
edi: 
antik quldorlik 
tizimi
va 
varvar quldor qabilalar tizimi
. Ular orasidagi farq juda katta edi. Birinchi tizim 
juda rivojlangan edi, ikkinchisi esa sinfiy tarmoqqa ega emas edi. Bir tarafdan IV-V asrlarda antik 
jamiyatda protofeodal elementlar paydo bo'la boshla- di, boshqa tarafdan esa ko'pgina xalqlar 
o'zaro ichki rivojlanishlar orqali feodalizmga kela boshladilar. 
Feodalizm tarixining ko'pgina muammolari, shu bilan birga un- ing davrlanishi yetarli 
darajada munozaralidir. So'nggi paytlarda davrlanish qo'yidagi tarzda deb belgilanmoqda
I. 
Ilk o'rta asrlar V-IX asrlar
. Bu davrda feodalizmning ilk shakl- lari paydo 
bo'ldi: yer yuqori tabaqa vakillari o'rtasida taqsimlani- shi yuzaga kela boshladi, erksiz dehqon 
qatlami shakllana bosh- ladi, vassal-lenn munosabatlari vujudga keldi. 
II. 
Yuqori 
o'rta asrlar X-XIII asrlar. 
Bu davrda dominant xo'jalikning shakllanishi, feodal ierarxiyas- ining vujudga kelishi
hunarmandchilik va savdoning birmuncha rivojlanishi ro'y berdi. Shuni aytib o'tish kerakki XIII 
asrda G'arbiy Yevropada o'ziga xos feodalizm rivojlanishi ro'y bera boshladi. XIII asrgacha deyarli 
barcha hududlarda iqtisodiyotning rivojlanishi ro'y berdi, minglab shaharlar paydo bo'ldi va 
ularning ko'pchiligi o'zini-o'zi boshqarishga o'tdi. 
Bu shaharlarda yuzlab ixtisoslikka ega bo'lgan hunarmand- lar ishlardi, ko'pgina sexlar va 
gildalar paydo bo'ldi. Qishloq xo'jaligida ish qurollarining takomillashishi ro'y berdi, ichki mus- 
tamlakaga aylantirish ro'y berdi hamda o'z navbatida o'rmonlarni kesish, melioratsiya ishlari 
boshlab yuborildi. Iqtisodiy rivojlanish natijasida aholining 2-3 barobarga o'sishi sodir bo'ldi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin