balans yordamida makroiqtisodiy kо‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot
pirovard ya’ni yakuniy mahsulot va milliy daromad tuzilishini, mahsulotlarni takror ishlab
chiqarish fondlari о‘rtasida taqsimlanish strukturasini va ijtimoiy ishlab chiqarish
xarajatlarini tuzilishini har tomonlama tahlil qilish va tegishli xulosalar asosda samarali
boshqaruv yechimini qabul qilish mumkin.
Tarmoqlararo balansning oddiy kо‘rinishi statistik model asosida ifodalanib, ma’lum
davrdagi resurslar va ehtiyojlarning miqdoriy jihatdan о‘zaro moslashishini ta’minlaydi,
ishlab chiqarish resurslarining cheklanganlik shartlari, ishlab chiqarish bilan mahsulotlardan
foydalanishning balans munosabatlari, zarur texnik texnologik shartlar va boshqalarni
bajarilgan holda prognozlash va uning asosida rejaning mumkin bо‘lgan variantlarini
topishga imkon yaratadi.
Tarmoqlararo balansning statik modeli bir yillik davr uchun tuziladi, bir yillik
holatdan tashqaridagi о‘zgarishlar inobatga olinmaydi. Amalda esa ishlab chiqarish doim
rivojlanib, kengayib boradi. Ushbu holat statik tarmoqlararo balansda о‘z aksini topmaydi.
Bu kamchilikni yо‘qotishning obyektiv yо‘li doimiy harakatdagi о‘zgarishlarni inobatga
oluvchi, kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ifodalovchi dinamik tarmoqlararo balans
tuzishdir.
Dostları ilə paylaş: