xo’jalik ma’muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga
yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja bo’yicha o’tkaziladi. Bu reja
imtihon
komissiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiriluvchi esa
imtihon kuni va o’tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi.
Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo’lsa imtihon o’tkazishga ruxsat berilmaydi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar boshqaruv
tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo’lishlari kerak.
Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir
oy ichida imtihonni qayta
topshirish sharti bilan o’z lavozimida qoldirilishi mumkin. Imtihonni qayta
topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning attestatsiya
komissiyasiga, uning lavozimiga mos emaslgini ko’rib chiqish uchun yuboriladi.
Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar
Mehnat muhofazasi Davlat
texnik inspektsiyasi yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Mehnat muhofazasi
bo’yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik rahbarlari
hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo’limlari zimmasiga yuklanadi.
Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasiga yuklanadi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshirilishidan bo’yin tovlagan mutaxassis
va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: