CN- < J- < NO
3 < Cl
Tanlangan adsorbsiya yordamida kerakli adsorbentlarni tanlab olib,
murakkab
aralashmalardan kerakli moddalarni ajratib olish mumkin.
Har bir antitelo aniq bir begona oqsil (antigen) bilan birikadigan immunli oqsillar
(antitelolar) tanlash qobiliyatiga egadir.
Buyrak va siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lishi jarayoni ham tanlangan adsorbsiyaga
asoslangan.
Adsorbsiyalanayotgan modda
miqdorining konsentrasiya, harorat, bosim va boshqa
omillarga bog‘liqligini ko‘rsatadigan egri chiziq adsorbsiyalanish izotermasi deyiladi yoki
qisqacha izoterma deyiladi.
Ion almashinish xususiyatiga ega bo’lgan sorbentlar ionitlar deb ataladi. Ular quyidagi 3
turga bo’linadi:
1. Kationitlar - kislotali sorbentlardir. Ularning funksional guruhlari karboksil, gidroksil va
sulfoguruhlar bo‘lib (masalan, silikagel, sellyuloza) ular adsorbent
bilan kation almashinish
orqali ta‘sirlashadi.
2. Anionitlar-asosli adsorbentlar bo‘lib, (masalan, Al(OH)3, Fe(OH)3) funksional guruhlari
adsorbent bilan anion (OH- , Cl- , SO 2
4 ) almashinish orqali ta‘sirlashadi.
3. Amfoter ionitlar – tarkibi jihatdan H+ SO3 – R – N + (CH3)3OHga (R – organik
polimer) yaqin bo‘lgan sorbentlar bo‘lib, sorbat bilan ham kation (H+ hisobiga),
ham anion
(OHhisobiga) almashinish orqali ta‘sirlashadi.
Ion almashinish adsorbsiyasining o`ziga xos xususiyatlari:
O‘ziga xosligi ya‘ni berilgan (ayni) adsorbent faqatgina ma‘lum ionlarnigina almashishi
mumkin;
Qaytmas bo‘lishi mumkin;
Molekulyar adsorbsiyaga nisbatan sekin boradi;
H + yoki OHionlari almashganida muhitning pH qiymati o‘zgarishi mumkin.
Eritmalar bilan ion almashinish xususiyatiga ega bo‘lgan adsorbentlar ionitlar deyiladi.
Odatda
kation
almashinuvchi
smolalar
fenolsulfokislotani
formaldegid
bilan
kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Tayyor kationitlar qora yoki to‘q-qo‘ng‘ir rangli,
zarrachalarining o‘lchami 0,5
2 mm bo‘ladi.
Anion almashinuvchi smolalar mochevina, anilin va n-fenilendiaminlarning formaldegid
bilan kondensatsiyalanishidan sintez qilinadi. Ion almashinuvchi smolalar ishlatilishidan oldin
qayta ishlanadi. Qayta ishlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Kationitlarga distillagan suv quyiladi va bo‘kishi uchun 1-2 sutka qoldiriladi.
So‘ngra suv yo‘qotiladi (ajratib olinadi), bo‘kkan smolaga esa 2N xlorid kislota qo‘yiladi
va kislota bilan birga 1 sutka qoldiriladi;
So‘ngra kislota to‘kib yuboriladi va toki neytral muhit hosil bo‘lguncha
smola
zarrachalari yuviladi (metiloranj sinamasi). Bunday qayta ishlash natijasida H-shaklli kationit
olinadi.
Anionitlar ham kationitlar kabi 1-2 sutka suvda bo‘ktiriladi, keyin suv yo‘qotilib, 1N
natiriy ishqori bilan 1 sutka qoldiriladi. So‘ngra smola neytral muhit hosil bo‘lguncha suv bilan
yuviladi (fenolftalein sinamasi). Shunday qilib, OHshakl anionit hosil bo‘ladi.
Kationitlarni regeneratsiya qilish uchun ular orqali 2N xlorid yoki sulfat kislota o‘tkaziladi.
Agar
kationitga avval Ca
2+
ionlari adsorbilangan bo‘lsa, regeneratsiyani quyidagicha ifodalash
mumkin:
R
2
Ca + 2HCl ↔ 2R – H + CaCl
2
Anionitlarni regeneratsiya qilish uchun ularga 1N ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi.
Agar anionit avval SO
4
2-
ionlarini yutgan bo‘lsa, uning regeneratsiyasini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
R
2
SO
4
+ 2NaOH ↔ 2ROH + Na
2
SO
4
Dostları ilə paylaş: