корзину» (Savatni tozalash) buyrug‘i ustida sichqonchaning chap tugmachasini
bir marta bosing. Shuni ta’kidlash kerakki, «Корзина» (Savat) dan olib tashlangan
ma’lumotlarni qayta tiklab bo’lmaydi.
Internet – bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global
komp’yuter tarmog‘idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U
mahalliy (lokal) komp’yuter tarmoqlarni birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, o‘zining
alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqqa kiruvchi barcha komp’yuterlarning o‘zaro ma’lumotlar
almashinish imkoniyatini yaratib beradi. Internetning har bir mijozi o‘zining
komp’yuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi yoki u yerdan
axborot olishi mumkin.
4.1.3-rasm. Internet tarmog’i.
4.1.3-rasmda Internet va unga bog’lanishning umumiy shakli keltirilgan.
Unga asosan Internetga bog‘lanish va undan foydalanishning asosiy texnik
vositasini shaxsiy komp’yuterlar tashkil etadi. Komp’yuterning imkoniyatlarini
kengaytirish
uchun
unga
mikrofon,
videokamera,
ovoz
kuchaytirgich
(audiokolonka) va boshqa qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet
xizmati Internet provayderlari yordamida aloqa kanallari orqali amalga
oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‘i, kabelli kanallar, radio va
kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.
Internetning ish prinsipi 4.1.4-rasm. Internet tarmog’ining tuzilish sxemasi.
4.1.4-rasmda Internet tarmog‘ining tuzilish sxemasi keltirilgan. Uning asosida
yuqori tezlikka ega bo‘lgan superkomp’yuterlar o‘zaro bog‘lanishi mumkin. Keyin
esa, doimiy aloqa kanallari orqali ma’lumotlar provayderlarga, so‘ngra oddiy
foydalanuvchilarga uzatiladi.
Internet TCP/IP (Transmissions Control Protocol/Internet Protocol) asosida
ishlaydi. Protokol deb, Internetdagi ma’lumotlarning formati, ma’lumot
uzatishning o‘zaro kelishilgan qoidalari va tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi
ma’lumot almashinish usullari to‘plami aytiladi.
Internetning asosiy xizmatlari: