4.4.6-rasm. Elektron pochta orqali xat yozish sahifasi.
Bu yerda:
1.
Кому - xat yozayotgan o‘rtogimizning elektron adresini aniq
yozamiz. Agar xato yozsak, xat manzilga yetib bormaydi. Shuning uchun adresni
aniq yozish talab qilinadi. Masalan, akbarov@rambler.ru
2.
Тема – jo‘natayotgan xatimizning mavzusini yozamiz, masalan,
«Do‘stim, men yangi elektron adres ochdim».
3.
Maxsus ajratilgan joyga esa, xat mazmunini to‘liq yozamiz, masalan:
«Assalomu alaykum, do‘stim Оbidjon.
Ahvollaringiz yaxshimi? Men yangi elektron adres ochdim, qaytguningizcha
xat yozishib turaylik. Endi men ham uyga Internet ulatdim. Qachon qaytasiz? Sizni
Aeroportda kutib olishga shay turgan do‘stingiz Odiljon.»
4.
Shundan so‘ng,
Oтправить (Jo’natish) tugmasini bosilsa, xat
jo‘natilib, «
Ваше письмо отправлено успешно» (Sizning xatingiz
muvaffaqiyatli jo’natildi) yozuvi keltiriladi va yana 4.4.3-rasm ko‘rinishiga
qaytiladi.
Elektron pochtani yopish va ishni tugatish uchun 4.4.1-rasmdagi oynadan
Выход (Chiqish) tugmasini bosamiz va www.rambler.ru bosh sahifaga qaytamiz.
4.5. Internetda ma’lumotlarni qidirish
Internet millionlab komp’yuterlarni va tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada
katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Har daqiqada bu
komp’yuterlarda axborot hajmi ko‘payadi. Internetda ma’lumotlarni qidirish bilan
Dostları ilə paylaş: