4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Ishtirokchilarning raqamlari 
Raqam berishning bir necha tizimi mavjud: 
- raqam ketma-ket beriladi; 
- raqamlar dasturdagi alohida turlar yoki turlarning guruhlari bo‟yicha berilib, bu 
turlarning qo‟shilishi amalda hech qachon yuz bermaydi
- raqamlar ishtirokchilar guruhlari bo‟yicha beriladi (masalan, ommaviy krosslarda – 
poygalar bo‟yicha). 
Ayrim tashkilotlarda ishtirokchilarga (yoki jamoalarga) butun mavsum uchun o‟zgarmas 
raqamlar beriladi. 
Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish 
Musobaqaoldi davrida butun dastlabki tayyorgarlik ishlari tugab, bevosita mazkur 
musobaqa hujjatlari bilan ishlash boshlanadi. 
Bosh kotib ish tartibini tuzib, talabnomalarni qabul qilishdan to musobaqa haqida 
hisobotni chiqarguncha bo‟lgan davrda kotibiyatda ishlash uchun ajratilgan har bir hakamga ish 
joyini belgilab beradi. 
Kotib hakamlarni ikkita asosiy ish uchastkasiga taqsimlash zarur: talabnomalarni qabul 
qilish va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash. 
Tayyorgarlik ishlari musobaqaning barcha kotib hakamlariga ko‟rsatmalar berish, ularga 
kotibiyat tanlagan ish tartibining xususiyatlarini, shuningdek, butun hakamlar hay‟atining ishlash 
texnologiyasini tushuntirishni o‟z ichiga oladi. Bunda har bir hakam o‟z vazifasi hamda hujjatlar 


almashinuvi sxemasini – kimdan qanday hujjatlar olishini, ular bilan nima qilishini, kimga 
etkazib berishini, qanday yangi hujjatlar tayyorlashi va h.k.ni bilishiga ishonch hosil qilish kerak.
Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish – kotibiyatning kelajak faoliyatidagi 
eng mas‟uliyatli amallardan biri. Bu vaqtda ishning xususiyati uni amalga oshirish sxemasiga 
mos bo‟lishi lozim.
Uning o‟ziga xos jihati – ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish uchun mas‟ul bo‟lgan 
hay‟at, kotibiyat hamda xo‟jalik ta‟minoti xizmati faoliyatining bir vaqtda olib borilishidir. 
Barcha guruhlarning bir xonada joylashuvi jamoalar vakillariga o‟z jamoalarining mazkur 
bellashuvda ishtirok etishini tez rasmiylashtirish imkonini beradi. 
Eslatma: Xalqaro musobaqalar o‟tkazilganda, talabnomalar faks orqali yuboriladi. Bunda 
kotibiyat talabnomani vakil bilan tekshiradi, zarur bo‟lsa, unga o‟zgarish kiritadi va 
ishtirokchilarga raqamlarini beradi. Barcha jamoalarning talabnomalari sharti bilan kyechki 
kengashga butun dastur bo‟yicha start qaydnomalari tayyorlanadi. 
Ishtirokchilar chiqishlarining ketma-ketltgt yengil atletika bo‟yicha musobaqa o‟tkazish 
xalqaro qoidalariga muvofiq aniqlanadi (Qoidalarga q.). 

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin