4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi


II. Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlarda



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
II. Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlarda 
1. O‟rinlar asosiy musobaqalarda ko‟rsatilgan natijalarga muvofiq taqsimlanadi. 
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo‟lsa, u holda bunga eng kam urinish 
sarflagan sportchiga ustunlik beriladi. 
3. Bu ko‟rsatkichlar ham bir xil bo‟lsa, mazkur musobaqada barcha balandliklarda (so‟nggi 
egallangan balandlikni ham hisobga olganda) muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam 
bo‟lgan sportchiga ustunlik beriladi. 
4. Yuqorida keltirilgan ko‟rsatkichlar bo‟yicha g‟olibni aniqlash mumkin bo‟lmasa, unda 
qayta sakrash o‟tkaziladi. 
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga kiritiladi, muayyan 
shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar rekord sifatida tasdiqlanishi va razryad 


me„yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan) 
balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi. Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq 
balandliklar ko‟tariladi yoki pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‟tkazib yuborgan 
balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan 
ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni 
egallagan ishtirokchiga birinchi o‟rin beriladi. G‟olib aniqlanganidan so‟ng, qayta sakrash 
to‟xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‟rinlari taqsimlanadi. Birinchi 
o‟ringa da‟vo qilmagan ishtirokchilarning ko‟rsatkichlari teng bo‟lsa ham o‟rinlar taqsimlanadi. 
III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda 
1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan sportchilar orasida 
o‟rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final musobaqalarda 6 ta urinishning barchasida 
ko‟rsatilgan natijalarning eng yuqorisi bo‟yicha final ishtirokchilari uchun o‟tkaziladi. Qolgan 
barcha ishtirokchilar uchun asosiy musobaqalardagi uch urinishning eng yaxshi natijasi bo‟yicha 
o‟tkaziladi. Agar ikki yoki bir necha ishtirokchi bir xil natija ko‟rsatgan bo‟lsa, u holda o‟rinlar 
bu ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinishlardagi eng yaxshi natijalari 
bo‟yicha taqsimlanadi. 
Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shaxsiy birinchilikni 
aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug‟ilganda, asosiy musobaqalarga qo‟yilmagan 
ishtirokchilar orasida o‟rinlar malakaviy musobaqa natijalari bo‟yicha taqsimlanadi. 

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin