5. Tokarlik stanoklarida bajariladigan ishlar
1. Umuman tokarlik – vintqirqish stanoklarida quyidagi asosiy ishlar bajariladi:
2. Markaziy teshiklar ochish. Buning uchun patronga kalta qilib siqilgan zagatovka toretsli
keskich bilan tekislanib, markaz belgilangach, ketingi babka pinaliga o‟rnatilgan
markaz parma zagatovka tomon joyga suriladi.
3. Sirtqi tsilindrik yuzalarni yo‟nish. Amalda zagatovkaning yoki shakli va o‟lchamlariga
ko‟ra uni patronga yoki moslamalarga o‟rnatib, keskich bilan yo‟niladi.
4. Zagatovkadagi teshikni zenkerlash va razvertkalash. Bu ishlarni bajarish uchun
zagatovka stanok patroniga, zenker yoki razvertka ketingi babkaning pinaliga
o‟rnatiladi. Ketingi babka dastasini aylantirish bilan kesish asbobi ilgarilanma surilib,
aylanayotgan zagatovkada teshik ishlanadi.
5. Doiraviy ekstsentrik yuzalarni kesib ishlash. Bunday ishlarni bajarish uchun
zagatovkani 0 - 0 o‟qli markaz teshigiga o‟rnatib, yuzalar keskich bilan ishlanadi, keyin
esa opravka 01 - 01 o‟qli markaz teshigiga o‟rnatib, tsilindrik yuza yo‟niladi.
6. Konussimon yuzalarni ishlash. Zagatovkalarga bu xil ishlov berishda keskichni ma„lum
burchak ostida siljitish bilan qirindi yo‟niladi.
7. Murakkab shaklli yuzalarni ishlash. Bunday yuzalarni ishlash uchun avval shu shaklga
mos keskichlar tayyorlanib, so‟ngra ular zarur vaziyatga o‟rnatilgach, zagatovkani
ko‟ndalang yo‟nalishga yurgizib ishlash mumkin. Odatda bu maqsad uchun maxsus
keskichlardan foydalaniladi.
8. Rez„ba qirqish. Tokarlik – vint qirqni stanokida metrik va dyumli rebalar keskichlar,
metchik va plashkalar bilan qirqiladi. Keskich bilan qirqishda rezbaning to‟la profili
keskichning bir necha (uchdan o‟n beshgacha) marta o‟tishida hosil bo‟ladi, shu sababli
keskich har gal o‟tgandan keyin ketingi (dastlabki vaziyatga) qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: