11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati reja: Kasbiy kompetentlik



Yüklə 260,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.05.2023
ölçüsü260,89 Kb.
#108882
  1   2   3   4
11-mavzu



11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati 
 
REJA: 
1. 
Kasbiy kompetentlik. 
2. 
 Kasbiy kompetentlik sifatlari. 
Bugungi kunda mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli 
raqobatga bardoshli bo‘lib, har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka 
ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. 
Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida kanday 
sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita 
olishi zarur? 
Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar 
natijasida kirib kelgan. Shu sababli “kompetentlik - noan’anaviy vaziyatlar, 
kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga 
kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq 
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, 
izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga 
egalik”ni anglatadi. 
Kasbiy 
kompetentlik 
mutaxassis 
tomonidan 
alohida 
bilim, 
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha 
integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. 
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib 
borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay 
olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z 
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Inglizcha “competence” 
tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. 
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori 
darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni 
yoritishga xizmat qiladi. 

Yüklə 260,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin