O’zbekiston hududida shamol energetikasini jadal rivojlantirish qodirov Alibek Hamrayevich



Yüklə 320,01 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.05.2023
ölçüsü320,01 Kb.
#109090
Qodirov Alibek Hamrayevich pdf



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
226 
O’ZBEKISTON HUDUDIDA SHAMOL ENERGETIKASINI JADAL RIVOJLANTIRISH 
Qodirov Alibek Hamrayevich 
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari 
kafedrasi” o`qituvchisi 
Do`schanov San`at Kurbanbayevich 
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari 
kafedrasi” o`qituvchisi 
Sapayev Navro`z Axmedjon o`g`li 
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti 2-bosqich magistri 
Annotatsiya: Ushbu maqola O’zbekiston hududida shamol energetikasidan 
foydalanish istiqbollari va innovatsiyalari to’g’risida yoritilgan. 
Kalit so’zlarShamol energetikasi, shamol generatori, shamol turbinalari 
KIRISH 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini 
jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, elektr energetikasi tarmog‘ida mavjud imkoniyat va 
salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligi ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga 
oshirish va mamlakatni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Resurs va energiya 
tejaydigan texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi, tegishli infratuzilmani yangilash 
sur’atlarining sustligi texnologik yo‘qotishlarning oshishiga va elektr energiyasini yetkazib 
berishda, ayniqsa joylarda muntazam uzilishlarga olib kelmoqda. 
Asosiy qism. 
Hozirgi kungacha ishlab chiqarilayotgan elektr energiyalarini qayta tiklanmaydigan
energiya resurslaridan olinishi va ularni xalq is’temolida foydalanilishi, energiya
resurslarini esa kundan-kunga kamayib ketishiga olib kelmoqda. O’zbekistonda elektr 
energiyasini ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo sifatida qayta tiklanmaydigan 
energiya resurslari (ko’mir, tabiiy gaz, mazut, neft va neft mahsulotlari va boshqalar)dan 
foydalanilmoqda. Bu energiya manbalaridan foydalanish, birinchi navbatda ekologiyaga 
zarar keltirsa, keyingi o’rinda resurs tanqisligiga olib keladi. Bu kabi muammolarni 
yechimini toppish va bartaraf etish bugungi kundagi asosiy masalardan biri hisoblanadi. 
O’zbekiston respublikasi ko’pgina hududlarida shamol oqimining uzluksiz kuchli esishi 
aniqlangan. Bu esa shu hududlarda shamol energetikasidan foydalanishga imkon beradi. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
227 
Shamol energetikasi ko’plab mamlakatlar energetiklari e’tiborini tortmoqda. Chunki, 
shamollarning yillik nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100
marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kvt/ soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning
faqatgina 10-12% foydalanish mumkin. 
Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5m/s dan kam bo’lmasa shamol
generatoridan foydalanish maqsadga muofiqdir. 
“Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya) kompaniyalari tomonidan
uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish salohiyatini
baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini baholash
ishlari amalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra respublikaning shamol energetikasi
salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki
hududda qurish tavsiya etilgan. 
“Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi
uchun salmoqli salohiyatga egadir. Shuni hisobga olib yurtimizda shamol energiyasidan 
elektr energiyasi olishni yanada rivojlantirish mumkin va bu bilan kelejak avlod uchun tabiiy 
gazni ma’lum bir miqdorda tejashga erishiladi. Bundan tashqari shamol turbinalarinig
ikkita asosiy turlari mavjud: vertikal va gorizontal aylanish o‘qli. Vertikal o‘qli
turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi, shuning uchun ular past samarali 
hisoblanadi. Shuning uchun vertikal o‘qli turbinalar juda kam qo‘llaniladi. Asosan ular uy 
uchun o‘rnatiladi. Uy uchun kuriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan 
rivojlanib bormoqda. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
228 
Odatda uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s
tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin. Yurtimizning adirlik, tog’ va tog’ 
oldi hududlarida vertikal o‘qli turbinalardan xonadonlar uchun shamol generatorlari sonini 
ko’paytirish shamol energiyasidan foydalanish istiqbolining rivojiga salmoqli hissa 
qo’shadi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: 
1. Majidov T.Sh. “Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” 
Toshkent – 2014. 
2. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. Gayibov T.Sh., 
Shamsutdinov H.F., Pulatov B.M. Toshkent-2015. 
3. O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlanish istiqbollar, 
YUNDP, Toshkent 2007 

Yüklə 320,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin