Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 493,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix08.05.2023
ölçüsü493,72 Kb.
#109268
1   2   3   4   5   6   7   8   9
-1 Jurayev Sherali Soibnazar ogli 16-24

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
21 
w
uz
www.oriens.
April
2022
 
Yaratmoq tushunchasi yoki harakatni ifodalovchi boshqa tushunchalar 
yuqoridagidek bo’lsa, bizning maqsadimizga ziyon yetkazmaydi. Yaratmoq 
tushunchasi o’zida borliq va noborliq (yo’qlik) tushunchalarini o’zida jamlaydi. 
Borliqning noborliqdan shakllanishi uning tuzilishiga yoki xususiyatiga muvofiq 
keladi. Noborliqqa keladigan bo’lsak u yaratilganning (maluqotning) yaratguvchisi 
bilan bog’liq emas. Borliqning kelib chiqishiga to’xtaladigan bo’lsak u yo’qlikdan 
so’ng shakllangan ya’ni yaratguvchi zotning harakati natijasida emas, balki 
yo’qlikdan (noborliqdan) shakllangan. Borliqning yaratguvchi bilan aloqasi uning 
vojibul vujud emasligi bilan belgilanadi. Borliqning mavjudligi noborliq (yo’qlik) 
bilan kafolatlanadi.
To’ldirish va ko’rsatma. Endi fikrlab ko’ramiz, ushbu ikki shartning qaysi birida 
yaratilgan (mahluqot) yaratuvchi zotga bog’liqligi belgilanadi. Narsaning o’z o’zicha 
vojibul vujud bo’lolmasligi, boshqa vosita orqali bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi 
tushuncha borliqning ikkiyoqlamali bo’lishi mumkinligini ifodalaydi: birinchidan, 
abadiy vojibul vujud boshqa vosita orqali, ikkinchidan, muvaqqat vojibul vujudning 
boshqa vosita orqali ifoda etilishi ularning “boshqa bir vosita orqali vojibul vujud” 
deb nomlanishiga sabab bo’ldi, ularni “o’z o’zicha vojibul vujud” deb atash xatolikka 
olib keladi.
Noborliq (yo’qlik)dan so’ng shakllangan tushuncha faqat bir holatni ifoda etadi 
va u abadiy boshqa bir vosita orqali vojibul vujuddir. Bu ikkala tushuncha boshqa 
vositaga qaram bo’ladi. Bu ikki tushunchadan biri ikkinchisiga nisbatan umumiy 
ma’noga ega bo’lsa, ushbu umumiylik xususiy holatdan avval namoyon bo’ladi. 
Tushunchaning xususiy holati esa umumiy tushunchaga taalluqli bo’lganda umumiy 
tushunchani namoyon qiladi, aks harakat bo’lishining imkoni yo’q. Agar noborliq 
uning mavjudligiga sabab bo’lmasa va uning mavjudligi boshqa vosita orqali 
zaruriyatga aylansa, u holda ular o’rtasidagi aloqa mavjud emas ekanda? Ushbu 
bog’liqlik ikkinchi shart bilan shartlangan. Chunki ushbu holat nafaqat shakllanish, 
yaratilish paytiga taalluqli, balki bu aloqa abadiy davom etadi. Agar narsaning 
borlig’i noborliq (yo’qlik) tufayli shakllangan bo’lsa, ushbu borliq yo’qlikdan so’ng 
shakllangan holat bilan aloqador bo’lmas edi va u yaratuvchi zotga ehtiyoj sezmas 
edi.
“Nomavjudlikdan so’ng shakllangan borliqdan avval hech narsa mavjud 
bo’lmagan zamon bo’lib o’tgan. Lekin u o’tib ketayotgan va ayni paytda keladigan 
zamondagi jismlarning bir vaqtda mavjud bo’lishini ifodalovchi ikkilik birligining 
o’tib ketganligi bilan muvofiq kelmaydi”, deya ta’kidlaydi Ibn Sino va “aksincha u 
“avval”ning “so’ng, keyin” bilan bir vaqtda mavjud bo’lmasligi va o’tib ketishida 



Yüklə 493,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin