3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» Kredit



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Kredit 9590 «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» 
9.2.Qo‘shilgan kapitalning hisobi 
 
Hususiy kapitalning tarkibiy elementi bo‘lgan qo‘shilgan kapital quyidagi ikkita 
holatda vujudga kelishi mumkin: 

Korxona aksiyalari nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotilganda. Ushbu
holatda sotish va nominal qiymatlar o‘rtasida vujudga kelgan farq emissiya daromadi 
deb ataladi. Ushbu daromad qo‘shilgan kapitalni tashkil etadi va maxsus 8410 “Emission 
daromad” schyotining kreditida pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) 
debeti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Emission daromad 
korxonalarning soliqga tortiladigan daromadiga kiritilmaydi. Kelgusida emission 
daromad aksiyalarni nominal qiymatidan past qiymatda sotishdan ko‘rilgan zararlarni, 
shuningdek sotib olingan xususiy aksiyalarini bekor qilishdan ko‘rilgan zararlarni 
qoplash uchun ishlatiladi. Ushbu operatsiyalar “ 8410 “ Emission daromad” schyotining 
debetida, shuningdek 8610 “ Sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar”, 8620 “ Sotib 
olingan imtiyozli xususiy aksiyalar” schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Emission 
daromad sifatida to‘planib qolgan qo‘shilgan kapital faqatgina korxona tugatilishida 
taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi. 

Ustav kapitalini shakllantirish davrida valyuta kursalari o‘rtasida farq 
vujudga kelganda. Bunday qo‘shilgan kapital, odatda, chet el investitsiyasi kiritilgan 
qo‘shma korxonalarda mavjud bo‘lishi mumkin. Ustav va ta’sis shartnomasiga muvofiq
chet el investorining qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissasi korxonaning davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan sanasidagi rasmiy kurs bilan baholanadi. Shuning uchun chet el 
investori tomonidan hissani haqiqatda kiritilishi vaqtida vujudga kelgan valyuta kurslari 
o‘rtasidagi ijobiy va salbiy farqlar ustav kapitaliga tegishli bo‘lmaydi va ular qo‘shma 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


172 
korxonada alohida 8420 “ Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar 
o‘rtasidagi farq” schyotida hisobga olinadi. Valyuta kurslari o‘rtasida vujudga kelgan 
ijobiy farq, bir tomondan, investorning hissasi sifatida kiritilgan uzoq va qisqa muddatli 
aktivlarning ( asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, TMB, pul mablag‘lari) qiymatiga 
qo‘shiladi 
(ya’ni 
0110-0190, 
0410-0490, 
1010-1090,2810,2910-
2990,5010,5110,5210,5210 va boshqa schyotlar debetlanadi), ikkinchi tomondan, 
qo‘shilgan kapital sifatida tan olinadi va 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga 
kelgan kurslar o‘rtasidagi farq” schyotining kreditida aks ettiriladi. Xuddi emission 
daromadga o‘xshab, valyuta kurslari o‘rtasidagi ijobiy farqlar evaziga vujudga kelgan
ushbu qo‘shilgan kapital ham soliqga tortiladigan daromadga kiritilmaydi, u faqatgina 
korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida 
taqsimlanadi. Agar yualyuta kurslari o‘rtasida salbiy farq vujudga kelsa, u holda ushbu 
farq 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o‘rtasidagi farq”
schyotining debetida va 4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi» 
schyotining kreditida aks ettiriladi. Kurslar o‘rtasidagi vujudga kelgan salbiy farq 
korxonaning zarariga olib boriladi va uning umumho‘jalik faoliyatidan olingan 
foydasidan qoplanadi. Ushbu zarar 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga 
kelgan kurslar o‘rtasidagi farq” schyotining kreditida va 9620 « Valyuta kurslari farqida 
ko‘rilgan zararlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 
Qo‘shilgan kapitalning analitik hisobi ta’sischilar va aksiyalarning turlari bo‘yicha 
olib boriladi.  

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin