9.3.Rezerv kapitalining hisobi Rezerv kapitali – bu korxonaning turli maqsadlarlarda va turli manbalar evaziga
shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi. Ushbu kapital asosan quyidagi manbalar
hisobidan vujudga keladi:
•
Mavjud mulkni qayta baholash natijasida paydo bo‘ladigan yangi qiymat evaziga. Tasdiqlangan Nizomga ko‘ra korxonalar har yilning oxirida o‘zlarining asosiy
vositalarini, tugallanmagan qurilish ob’ektlarini qayta baholaydilar. Qayta baholashda
asosiy vositalarning oldingi boshlang‘ich qiymati va jamlangan eskirishi real bozor
baholaridan kelib chiqgan holda ko‘payish yoki kamayish tomonlariga o‘zgartirilishi
mumkin. Agar o‘zgartirishlar o‘sish tomonga yuz bergan bo‘lsa, o‘rtadagi ijobiy farq
rezerv kapitalini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 21-son BHMS ga muvofiq qayta
baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalining hisobi maxsus 8510 “ Mulkni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida va mos asosiy asosiy vositalar
schyotlarining ( 0110-0190) debetida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning jamlangan
eskirishini o‘sish tomonga o‘zgartirilishi 8510 “ Mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar” schyotining debetida va mos asosiy asosiy vositalar eskirishlari
schyotlarining
( 0210-0290) kreditida aks ettiriladi. 8510 “ Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”
schyotining kredit oboroti va debet oboroti summalari o‘rtasidagi ijobiy farq balansda
qayta baholashdan vujudga kelgan maxsus rezerv kapitali sifatida aks ettiriladi. Agar
qayta baholash natijasida ushbu schyotning debet oboroti kredit oboroti summasidan
katta bo‘lsa, u holda korxona qayta baholashdan zarar ko‘rgan bo‘ladi va u 9430 “Boshqa
operatsion harajatlar” schyotining debetida va 8510 “ Mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Mulkni qayta baholash natijasida vujudga
kelgan rezerv kapitali korxona tugatilganda ta’sischilarning hissalariga mos ravishda
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
173
taqsimlanadi, bunga debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti va
kredit 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz” schyoti
kreditlanadi.
•