3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Sotishdan olingan daromadlarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

10.2.Sotishdan olingan daromadlarning hisobi 
 
21-son BHMSga muvofiq sotishdan olingan daromadlar quyidagi schyotlarda 
hisobga olinadi: 

9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” –bu passiv va 
vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishdan olgan 
daromadlarini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan daromad yil 
maboynida to‘planib boradi, bunda mahsulotni sotish usuliga qarab turli schyotlar 
debetlanadi. Masalan, mahsulot naqd pulga sotilganda 5010 “Kassa” schyoti, mahsulot 
naqdsiz sotilganda esa 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 
4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram 
xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi 
schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9010 “ Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar” schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab 
olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida 
to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining 
kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 

9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik 
schyot asosan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek o‘zlari ishlab 
chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish 
korxonalarida ishlatiladi. Schyotning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad yil 
maboynida to‘planib boradi, bunda tovarlarni sotish usuliga qarab 5010 “Kassa” schyoti, 
4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan 
bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan 
olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. 
Yil maboynida 9020 “ Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” schyoti faqat kredit 
saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini 
ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga 
va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin